×

Central Methodist University: AQShda bakalavr bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

15.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

964 marta

AQShning Missuri shtatida joylashgan Central Methodist University oliygohi Incoming Freshmen Students grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Central Methodist University oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga 4000 AQSh dollaridan 12000 AQSh dollarigacha moliyaviy ko’mak taqdim etiladi. Grant miqdori nomzodning akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi. Central Methodist University oliygohi bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Central Methodist University oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 5.5 ball, TOEFL IBT 77 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Central Methodist University oliygohi grant dasturini qo’lga kiritish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma- ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:

1-bosqich: Central Methodist University oliygohi qabul talablariga mos ekanligini tekshiring.

2-bosqich: Kerakli hujjatlarni jamlang:

  • Akademik resume;
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati;
  • Taqdirlangan sertifikatlar;
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim);
  • Pasport nusxasi;
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

3-bosqich: Onlayn ro’yxatdan o’tish. Yuqorida ko’rsatilgan bakalavr kurslaridan biriga onlayn tarzda ro’yxatdan o’tib, hujjat topshirish kerak. Grant uchun alohida hujjat topshirilmaydi. Ko’rsatilgan bakalavr kurslariga qabul qilinganlarning barchasi avtomatik tarzda mazkur grantga nomzod sifatda ko’rib chiqiladi.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun enrolleges@centralmethodist.edu elektron manziliga yoki 660-248-6651 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!