×

Central Washington University: bakalavr va magistratura kurslarida o’qish uchun 12 000 AQSh dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1201 marta

AQShda joylashgan Central Washington University tomonidan taqdim etiladigan Internatinal Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan bakalavr va magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi. Universitetda mavjud bakalavr va magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Grantlar o’qishga qabul qilingan talabalarning o’rtacha baholariga asosan belgilanadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Magistratura talabalari uchun: bakalavrda olgan baholari o’rtachasi 4 ballik GPA tizimida kamida 3,0 ga teng bo’lsa;
  • Bakalavr talabalari uchun: maktab/kollej/litseyda olgan ballari o’rtachasi 4 ballik GPA tizimida kamida 2,7 ga teng bo’lsa grant beriladi.

Grant miqdori talaba aynan qanday baholarga ega ekanligidan kelib chiqib 12 000 AQSh dollarigacha bo’lishi mumkin. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS IELTS 6,5, yoki TOEFL iBT 79 sertifikatiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod: magistraturaga qabul uchun bakalavr kursini, bakalavr kursiga qabul uchun esa maktabni/litsey/kollejni tamomlagan bo’lishi, baholari yuqorida ko’rsatilgandan past bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan kursning ichki qabul talablariga mos bo’lishi zarur (san’at va amaliy boshqa yo’nalishlar uchun maxsus talablar bo’lishi mumkin).
  • Nomzod AQShda o’qish va yashash uchun yetarli mablag’i borligini ko’rsatuvchi maxsus formani taqdim etishi zarur.
  • Bakalavr kurslari uchun ixtiyoriy ravishda SAT yoki ACT testlarini topshirish mumkin. Ammo bu testlarni topshirmaslik ham nomzodlarning arizasiga salbiy ta’sir qilmaydi.
  • Ba’zi magistratura kurslariga qabul uchun GRE testi talab etiladi. Ba’zi kurslar uchun esa bu ixtiyoriy. Buni tanlangan kurs sahifasidan aniqlashtirishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Bakalavr kurslariga hujjatlar bu yerda qabul qilinadi. 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjat topshirishning so’nggi muhlati – 1-fevral. Batafsil

Magistratura kurslariga hujjatlar esa bu yerda qabul qilinadi. 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjat topshirishning so’nggi muhlati – 1-fevral. Batafsil

Talaba o’qishga qabul qilinganligi haqida xabar olgan kundan 2-3 hafta o’tgach, grant natijalari ham e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: intladm@cwu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!