×

CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

9613 marta

Shveytsariyada joylashgan CERN tashkiloti fizika, kompyuter fanlari, muhandislik yoki matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalariga “CERN Summer Student Programme: 2024” amaliyot dasturini taklif etmoqda.  Amaliyot 8-13 hafta davom etadi va amaliyotchilar tajriba oʻtkazish yoki muhandislar jamoasida ilgʻor texnologik loyiha ustida ish olib boradi (Oʻzbekistonlik nomzodlar faqat 8 hafta amaliyot oʻtay oladi).

Dastur mobaynida ishtirokchilar oʻtiladigan nazariy va amaliy zarralar fizikasi, muhandislik hamda hisoblash sohasidagi mavzular boʻyicha maʼruzalarda qatnashadi. CERN obyektlariga tashrif, muhokama mashgʻulotlari va seminarlar ham tashkil etiladi. Ishtirokchilardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Dasturga qabul qilinganlar 2024-yil 3, 10, 17, 24-iyun yoki 1-iyul kuni CERN tashkilotiga amaliyot uchun borishlari mumkin.

Dasturning axborot sahifasida dastur haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Amaliyot oxirida CERN tashkilotida siz ishtirok etgan loyiha yoki ish boʻyicha qisqa hisobot topshirish kerak boʻladi. Dastur davomidagi mashgʻulotlar haqida BU YERDAN maʼlumot olishingi zmumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Texnik loyiha ustida ish olib borish uchun 8-13 haftalik mehnat shartnomasi tuziladi (Oʻzbekiston tashkilot aʼzosi boʻlmagani uchun oʻzbekistonliklar bilan faqat 8 haftalik mehnat shartnomasi tuziladi).
  • Fizika boʻyicha maʼruzalar (ishtirokchilar Openlab tomonidan tashkillashtiriladigan IT maʼruzalarga ham qatnashishi mumkin).
  • Butun dastur davomida turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini qoplash uchun kuniga 90 CHF (taxminan 100 AQSH dollari) miqdoriga mablagʻ beriladi.
  • Dastur oxirida Jeneva shahri va ariza topshirgan vaqtingizda boʻlib turgan shahringiz / hududungiz oʻrtasidagi safar xarajatlarni qoplash uchun bir martalik mablagʻ beriladi.
  • CERN kompleks tibbiy sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.
  • CERN hududi yoki unga yaqin yerdan turar joy topishda yordam koʻrsatiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan atalablaqr quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarosi ushbu dasturga ariza topshira oladi.
  • Nomzod fizika, muhandislik, kompyuter fanlari yoki matematika sohasi boʻyicha tahsil olayotgan bakalavriat yoki magistratura talabasi boʻlishi lozim (PhD bosqichi talabalari ariza topshira olmaydi). Bakalavriat talabalari 2024-yil may oyida kamida 3-bosqichni tugatgan boʻlishi lozim.
  • Amaliyot davomida oʻz universitetida talabalar safida boʻlishi lozim. 2024-yil mayda oʻqishni tugatadigan nomzodlar ham ariza topshira oladi.
  • Nomzod oldin CERN tashkilotidagi Summer Student Programme dasturida qatnashmagan hamda boshqa lavozimda (Technichal Student, Trainee, User yoki boshqa lavozimda) 3 oydan koʻp ishlamagan boʻlishi lozim.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Fransuz tilini ham bilsa, ustunlik beradi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 31-yanvar 16:00 gacha onlayn shaklda BU YERDA qabul qilinadi.

Ariza shaklini toʻldirish davomida quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:

  • Ingliz yoki fransuz tilida tayyorlangan CV. CVni qanday tayyorlash boʻyicha CERN maslahatlari bilan BU YERDA tanishing.
  • Baholari chiqqan eng oxirgi semetrdagi baholar (ingliz yoki fransuz tilida).
  • Sizga maʼruza oʻtadigan oʻqituvchilar va/yoki oldingi amaliyot joy(lar)ingizdan 2 ta tavsiyanoma (ingliz yoki fransuz tilida). Tavsiyanoma olinganiga 12 oydan oshmagan boʻlishi kerak.

Hujjatlar PDF formatda va nomi aniq koʻrsatilgan shaklda (masalan, “CV”, “Academic transcripts” va hk) joylanishi kerak.

Ariza shaklini toʻldirishni boshlashdan oldin barcha hujjatlarni tayyor qilib qoʻying, chunki ariza shakli toʻldirib boʻlingandan keyin hujjatlarni arizaga qoʻsha olmaysiz (faqat tavsiyabnomalarni keyinchalik qoʻshish mumkin).

Arizangiz topshirilgandan keyin elektron pochtangizga tasdiq xabari boradi va bu xabarda havo0la boʻladi. Agar ariza shaklini toʻldirishda tasviyanomalarni yuklamagan boʻlsangiz, shu xabardagi havolani kamida 1 nafar tavsiya beruvchiga yuborishingiz (forward) kerak boʻladi; tavsiya beruvchi oʻz tavsiyanomasini shu havola orqali tizimga kirib, yuklaydi. Bu holda tavsiyanoma 2024-yil 31-yanvar 16:00 dan kechikmasdan yuklanishi kerak.

Agar ariza toʻldirish jarayonida tavsiyanomalarni ham yuklagan boʻlsangiz, havolani tavsiya beruvchilarga yuborib oʻtirmaysiz.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!