×

CFA Institute Access Scholarship: professional investitsion menejment kurslarida bepul o’qish uchun grant


Grant

MUHLAT

15.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3123 marta

Investitsion menejment sohasida yuqori sifatli onlayn kurslar va professional sertifikatlar taqdim etuvchi CFA Institute tomonidan beriladigan Access Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar CFA Institute dasturlarida ishtirok etish va sertifikat olish to’lovlarini to’lash imkoniyati cheklangan o’rganuvchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida, moliyaviy ehtiyojdan kelib chiqqan holda beriladi. CFA Institute o’z dasturlari orqali biznes, moliya, menejment kabi sohalar mutaxassislari va/yoki ish tajribasiga ega bo’lganlarga aynan investitsion menejment bo’yicha xalqaro tan olingan sertifikatlarni taqdim etib keladi va shu sohada mutaxassislar yetishtirib chiqaradi.

CFA Institute tomonidan taqdim etiladigan barcha kurslar va sertifikat dasturlari bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Investitsion menejment bo’yicha sertifikat dasturlarida ishtirok etishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan mutaxassisga CFA kurslaridan istalganida bepul o’qish imkoni beriladi. Undan tashqari, odatda to’lovi yuqoriroq bo’lgan nazorat imtihonlari to’lovi ham 250 AQSh dollarigacha pasaytirib beriladi.

Talablar:

  • Nomzod CFA Institute kurslarida o’qish uchun boshqa manbadan moliyaviy ko’mak olishi mumkin emas.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur, kurs va imtihonlar ingliz tilida bo’ladi.
  • CFA Institute kurslariga qabul uchun barcha talablar bu yerda ko’rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalarni bu yerda 2020-yil 15-sentyabrgacha topshirish mumkin. Ariza topshirishda ma’lumotlarni oldindan tayyorlash va arizani yakunlash oldidan barcha ma’lumotlarni yaxshilab tekshirish tavsiya etiladi, chunki ariza topshirilgach, unga o’zgartirish kiritishning iloji bo’lmaydi. Ma’lumot uchun info@cfainstitute.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!