Shvetsiya Oliy Ta’lim Konsulligi tomonidan ta’sis etilgan Avancez Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Shvetsiyaning Chalmers Texnologiya Universiteti magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan xalqaro talabalar uchun mo’ljallangan. Avancez Scholarships Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodir Hududi davlatlaridan bo’lmagan iqtidorli talabalarning o’qishini moddiy jihatdan yengillashtirishni maqsad qilgan bir nechta grant dasturlaridan biri hisoblanadi. Chalmer’s dagi magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
Grant kimlar uchun?
Magitraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Avancez grantlarini yutib olgan talabalar Chalmers universitetidagi istalgan magistratura kursi uchun kontraktga 75% lik chegirma oladi. Grant talaba o’qishni bitirgunicha beriladi, agar talaba a’lo baholarga o’qisa chegirma grant miqdori 85% ga chiqariladi. Grant kurs uchun to’lanishi kerak kontrakt miqdoridan to’g’ridan-to’g’ri chegirib qolinadi, talabaning o’ziga berilmaydi. Kurslar uchun kontrakt to’lovlari haqida ma’lumot bu yerda keltirilgan.
Talablar:
Avancez Scholarships grantlari quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy Hududi davlatlari fuqarosi bo’lmasligi kerak.
- Nomzod Chalmer universiteti magistratura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi va tizimda Chalmer universitetini o’zining asosiy tanlovi sifatida belgilagan bo’lishi kerak.
- Nomzod ariza tolovini ham amalga oshirgan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kurslar uchun ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan minimal talab IELTS 6.5. batafsil
- Kursga qabul uchun: Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur.
- Nomzod o’qigan bakalavr kursi va u hujjat topshirayotgan magistratura kursi bir-biriga bog’liq bo’lishi zarur.
- Grant baholar va akademik yutuqlarga asoslangan holda taqsimlanadi, shuning uchun nomzodning baholari a’lo bo’lishi maqsadga muvofiq.
Dasturga qabul jarayoni:
Avancez grantini yutib olish uchun onlayn ariza topshiriladi. Lekin bu ariza ochiq aksesda turmaydi, ya’ni onlayn ariza havolasi so’rovga asosan tarqatiladi. Grant yutish istagida bo’lsangiz, oldin Chamers Universiteti magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirib, ariza to’lovini amalga oshirishingiz kerak. O’qishga hujjat topshirgach, grant uchun ariza havolasini talab qilishingiz mumkin bo’ladi. Kursga hujjat topshirishda sizga abituriyent raqami beriladi. Onlayn airza topshirishda shu raqamni arizaga kiritish juda muhim.
Magistratura kurslariga ingliz tilida ariza topshirish bu yer orqali bo’ladi. Agar arizani shved tilida topshirmoqchi bo’lsangiz bu yer orqali hujjat topshiring.
Kerakli hujjatlar:
- Bakalavr diplomi ilovasi bilan.
- Ingliz tilini teste sertifikati.
- Qabul uchun maxsus talablarga ega kurslarga hujjat topshirgan nomzodlar bakalavr bosqichida o’tilgan tegishli kurslarning jadvalii ham taqdim etishlari kerak bo’ladi.
- Ba’zi yo’nalishlar uchun “Project Portfolio” ham taqdim etish so’raladi.
- Motivatsion xat.
- Passport nusxasi.
- Nozmodning ish tajribasini ko’rsatuvchi hujjat (ixtiyori).
- Tavsiyanomalar.
Bu hujjatlar nima ekanligi va qanday olinishi haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin. kurslarga arizalar 2019-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun: