×

Charles Darwin University: Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqishni istaganlarga 50 foizgacha grant


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1237 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Charlz Darvin universiteti – Charles Darwin University Australia Vice-Chancellor’s International High Achievers Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur 2020-yilda boshlanadigan bakalavriat va magistratura (Postgraduate coursework) kurslarida oʻqishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitet bakalavriat va magistratura kursida oʻqish tanlangan bosqichi va kursga koʻra farq qiladi. Bakalavriat uchun 2019-2020-oʻquv yiliga 24 360 dan 30 792 AUD (taxminan 16 928 dan 21 397 USD)gacha, magistratura kurslarida esa 26 760 dan 30 120 AUD (18 595 dan 20 930 USD)gacha kontrakt toʻlash kerak.

Grant yutib olgan nomzodga 3 yilgacha kontrakt pulidan 25-50 foiz chegirma qilinadi.

Grant nomzodning yashash va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontraktning qolgan qismi, tibbiy sugʻurta hamda shaxsiy sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari (Avstraliya va Yangi Zelandiya fuqarolari va rezidentlaridan tashqari) ariza topshira oladi.
  • Nomzod kamida 18 yosh boʻlishi lozim.
  • Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan (attestat/kollej/litsey) diplomiga (bakalavriat uchun) yoki bakalavr (magistratura kurslari uchun) diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Kamida IELTS 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi (7,0 dan kamida 5,3 ball) boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetda oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura (coursework) kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirgan va 1-noyabrgacha stipendiyaga ariza bergan boʻlishi kerak.
  • Nomzod semestriga 40 kreditli kurslardan biriga oʻqishga kirishi va kunduzgi tartibda oʻqishi zarur.
  • Ayni vaqtda universitet, Avstraliya hukimati yoki chet eldagi homiylardan grant olayotganlar bu gantga hujjat topshira olmaydi.
  • Nomzod universitet Nizomi – Student of the University By-laws talablariga rioya qilishi kerak.
  • Nomzod tanlangan kursning maxsus talablari va ingliz tili talablariga mos boʻlishi lozim.

Barcha talab va cheklovlar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning bakalavriat yoki magistratura (coursework) kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval mos keladigan kursga oʻqishga kirish kerak. Ayni vaqtda 2020-yilini 1-semestriga qabul jarayoni davom etyapti. Grantga alohida ariza topshiriladi. Oʻqishga kirish uchun dedlayn muddati 29-noyabrgacha. Grantga esa dedlayn muddati – 15-noyabrgacha. Ammo grant olish uchun avvalroq hujjat topshirish kerak!

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Shu yerda chet elliklar uchun umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  • Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang.
  • Tanlangan kurs sahifasidan qanday qilib hujjat topshirish va kirish talablari haqida batafsil oʻqib chiqing.
  • Shu yerda onlayn tarzda ariza topshiring.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan (attestat/kollej/litsey) diplomi yoki bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 sertifikati topshiriladi.
  • Pasport nusxasi.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Esse.
  • Magistratura uchun research proposal/outlines talab qilinishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu tilga tarjima qilish lozim.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, darsdan tashqari tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: international@cdu.edu.au yoki overseasquals@aitsl.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!