×

Oksford universiteti Islomshunoslik markazida 6 oylik tadqiqot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

07.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3511 marta

Chevening Programm doirasida Chevening Oxford Centre for Islamic Studies Fellowship (OCIS) grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi. Amaliyot dasturi bir qator mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekistonlik tadqiqotchilarga 6 oy davomida Oksford universiteti Islomshunoslik Markazida (Oxford Centre for Islamic Studies) islom tarixi, klassik islom fanlari, iqtisod va islom moliyasi kabi masalalarga bagʻishlangan, oʻzi tadqiq etayotgan mavzu boʻyicha izlanishlar olib borish imkoniyatini beradi. Qatnashchilar islom madaniyati, sivilizatsiyasi va zamonaviy musulmon jamiyatlari ilmiy akademik hamjamiyati doirasida doimiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshadilar.

Qabul qilinganlar 2023-yil oktabr oyidan amaliyotni boshlaydi.

Grant kimlar uchun?

Postdiktorantura tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  • OCIS markazida 6 oylik amaliyotda qatnashish.
  • Yashash xarajatlari uchun stipendiya.
  • Buyuk Britaniyaga borish va qaytish uchun aviachipta.
  • Tadqiqot bilan bogʻliq tadbirlar uchun mablagʻ.
  • Chevening sekretariati va FCDO tomonidan tashkillashtiriladigan dasturlar, madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Afgʻoniston, Jazoir, Ozarbayjon, Bangladesh, Misr, Indoneziya, Iordaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Liviya, Malayziya, Marokash, Nigeriya, Pokiston, Falastin, Filippin, Sudan, Suriya, Turkiya, Tunis, Turkmaniston yoki Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod yetakchilik va insonlarga ta’sir oʻtkaza olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqoridagi qobiliyatlarni aks ettiruvchi shaxsiy, intellektual va shaxslararo fazilatlarni namoyish eta olishi kerak.
  4. Amaliyot dasturi tugagach, oʻz yurtiga qaytishi kerak.
  5. Ariza topshirish vaqtida kamida magistratura yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlishi kerak.
  6. Muhim professional va/yoki ilmiy tadqiqot tajribasiga ega boʻlishi (kamida besh yil) zarur.
  7. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  8. Britaniya hukumati, elchixonalari, konsulliklari, Commonwealth Universities Assotsatsiyalari a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari grantga ariza topshira olmaydilar.

Talablar bilan dasturning rasmiy sahifasida batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga arizalar 2023-yil 7-noyabrgacha BU YERDA topshirilishi zarur (dastlab ariza topshirish portalida roʻyxatdan oʻtish lozim).

Arizani toʻldirish vaqtida soʻralgan maʼlumotlarni kiritish va hujjatlarni yuklash talab etiladi.

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar suhbatga taklif qilinadi. Suhbatlar 2024-yil 26-fevraldan 26-aprelgacha oʻtkaziladi. Yakuniy natijalar 2024-yil iyun oyida eʼlon qilinadi.

Dastur haqidagi batafsil maʼlumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!