×

Chexiya: 1 oylik yozgi maktab uchun 28 ta grant!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Chexiya Respublikasi

O'QILGAN

14688 marta

Chexiyaning Pardibuce univeriteti (Univerity of Pardibuce) 2019-yilning 7-iyulidan 6-avgustigacha bo’lib o’tadigan yozgi maktabda qatnashish uchun arizalar qabul qilishni boshladi. Ishtirokchilar yozgi maktabda «Smart Governance» yoki «Life is Chemistry» yo’nalishlari bo’yicha o’quv kurslarida qatnashishi mumkin.

Bir oylik yozgi maktabda har bir hafta bir yoki ikki mavzuga bag’ishlangan bo’ladi hamda har shanba kuni turli yerlarga qisqa sayohatlar qilinadi.

«Smart Governance» bo’yicha mavzular quyidagicha:

  • 1-hafta – Meet and greet. Economics and Administration;
  • 2-hafta – Economics and Administration;
  • 3-hafta – Transportation & Healthcare;
  • 4-hafta – Intercultural Society.

«Life is Chemistry» dasturi esa quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • Chemistry;
  • Chemical technology;
  • Material science.

Grant asosida yozgi maktabga qabul qilinishi rejalashtirilgan qatnashchilar soni: 28 nafar.

Kun tartibi odatda quyidagicha bo’ladi:

  • nonushta
  • 2 – 2.5 soat o’qish
  • tushlik
  • guruh mashg’ulotlari (dala sayohati, sport o’yinlari va boshqalar)
  • kechki ovqat
  • mustaqil vaqt

Shuningdek, hafta oxirida Karlštejn qasri hamda Chexiya tog’lariga sayohat ham uyushtiriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda kamida 1-kursni bitirgan talabalar va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu yozgi maktabda o’qish uchun grantni qo’lga kiritgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • 1 oy davomida Chexiyada turar joy bilan ta’minlanadi.
  • 1 oy davomida oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  • Yozgi maktab kurslaridada tahsil olish imkoniyati.

Grant Chexiyaga borish va kelish, viza xarajatlarini qoplashni narzarda tutmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod bakalavriatning 2-kursida yoki magistratura bosqichida o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • Ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.
  • Dunyoning istalgan davlati fuqarolari ariza topshirihi mumkin.
  • «Life is Chemsitry» dasturiga qatnashmoqchi bo’lganlar Chemistry (Kimyo), Chemistry Technology (Kimyo texnologiyalar) yoki Material Science (Materialshunoslik) yo’nalishlaridan birida tahsil olayotgan bo’lishi kerak.
  • Shuningdek, «Smart Governance» kursida qatnashmoqchi bo’lganlar 100 yevro qatnashish puli ham to’lashi kerak bo’ladi («Life is Chemsistry» kursiga qatnashmoqchi bo’lganlar bu to’lovni to’lamaydi).

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu yozgi maktabda qatnashish uchun nomzodlar onlayn tarzda ariza topshirishi kerak. Onlayn arizada nomzodning shaxsiga oid ma’lumotlar, ta’limi tarixi (education) haqida ma’lumotlar kiritiladi. Shuningdek, arizada tanlangan soha – «Smart Governance» yoki «Life is Chemistry» mavzusida 600 so’zdan iborat motivatsion xat ham yozilishi kerak.

O’zingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan international@upce.cz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!