×

Chexiya: Bakalavriat bosqichi talabalari uchun bir oylik yozgi maktab; bepul turar joy; joy – 30ta!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Chexiya Respublikasi

O'QILGAN

3993 marta

Chexiyaning Univerity of Pardibuce 2020-yilning 9-iyulidan 8-avgustigacha boʻlib oʻtadigan Summer School 2020 yozgi maktabda qatnashish uchun arizalar qabul qilishni boshladi. Ishtirokchilar yozgi maktabda «Quality of Life» yoki «Life is Chemistry» yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kurslarida qatnashishi mumkin.

Bir oylik yozgi maktabda har bir hafta bir yoki ikki mavzuga bagʻishlangan boʻladi hamda har shanba kuni turli yerlarga qisqa sayohatlar qilinadi.

Grant asosida yozgi maktabga 30 nafar qatnashchilar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Kun tartibi odatda quyidagicha boʻladi:

  • nonushta
  • 2 – 2.5 soat oʻqish
  • tushlik
  • guruh mashgʻulotlari (dala sayohati, sport oʻyinlari va boshqalar)
  • kechki ovqat
  • mustaqil vaqt

Shuningdek, hafta oxirida Karlštejn qasri hamda Chexiya togʻlariga sayohat ham uyushtiriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda kamida 1-kursni bitirgan talabalar va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu yozgi maktabda oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritgan 30 nafar nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • 1 oy davomida Chexiyada turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Yozgi maktab kurslarida tahsil olish imkoniyati.

Grant Chexiyaga borish va kelish, viza xarajatlarini qoplamaydi. Shuningdek, roʻyxatdan oʻrish uchun hamma 100 yevro pul toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod bakalavriatning 2-kursida yoki magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.
  • Dunyoning istalgan davlati fuqarolari ariza topshirihi mumkin.
  • «Life is Chemsitry» dasturiga qatnashmoqchi boʻlganlar Chemistry (Kimyo), Chemistry Technology (Kimyo texnologiyalar) yoki Material Science (Materialshunoslik) yoʻnalishlaridan birida tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
  • Shuningdek, yozgi maktab kurslarida qatnashmoqchi boʻlganlar 100 yevro qatnashish puli ham toʻlashi kerak boʻladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu yozgi maktabda qatnashish uchun nomzodlar onlayn tarzda ariza topshirishi kerak. Onlayn arizada nomzodning shaxsiga oid ma’lumotlar, ta’limi tarixi (education) haqida ma’lumotlar kiritiladi. Shuningdek, arizada tanlangan soha – «Quality of Life» yoki «Life is Chemistry» mavzusida 600 soʻzdan iborat motivatsion xat ham yozilishi kerak. Dedlayn – 2020-yil 31-mart.

Ma’lumot uchun: international@upce.cz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!