×

Chexiya: Bakalavriat va magistratura uchun qisman grant; stipendiya – 2 050 yevro; joy – 6 ta!


Grant

MUHLAT

29.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Chexiya Respublikasi

O'QILGAN

2976 marta

Chexiyaning Karlov universiteti – Charles University rivojlanayotgan davlatlar vakillaridan 2020-yilgi Development Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitetning Faculty of Social Sciences (FSV UK)da oʻqish uhun beriladi. Grant bir semestrga berilishi moʻljallangan. Grant universitetga oʻqishga kirgan 6 nafar bakalavr va magistratura talabalariga beriladi. Grant yutib olgan nomzod a’lochi, bilimli va rivojlanayotgan yoki iqtisodiy qiyinchiliklar kechayotgan davlat vakili boʻlishi talab etiladi. Grantga bir semestr (yarim ytil)ga kontrakt toʻlovini toʻliq qoplaydi va stipendiya ajratadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Charles Universityda chet ellik talaba bir yilga taxminan 4 000 dan 8 900 yevrogacha kontrakt toʻlab oʻqiydi. Grant yutib olgan nomzodga bir semestr (yarim yil) uchun kontrakt puli toʻliq qoplanadi. Nomzodga bir martalik 50 000 CZK (taxminan 2050 yevro) yashash xarajatlariga stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod fakultet bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Saralashdan oʻtgan nomzod Pragaga universitetda oʻqish muddatiga yetib kelmaguncha grant berilmaydi.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan bosqichiga qarab attestat/kollej diplomi yoki bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini qanchalik bilish tanlangan bosqich va kursga qarab garq qiladi. Buni tanlangan kurs sahifasidan aniqlash kerak. Umumiy talab boʻyicha kamida CEFR B2 va ekvivalent soʻraladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Faculty of Social Sciences (FSV UK)ning bakalavr yoki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grantga ariza berishdan oldin oʻqishga kirishga hujjat topshirish kerak. Keyin grantga ariza beriladi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddati 2020-yil 30-aprelgacha. Ammo Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy hududiga kirmaydigan davlatlar vakillari uchun eng ma’qul dedlayn – 2020-yil 29-fevral.

Hujjat topshirishdan oldin dedlayn va hujjatlar tarkibi haqida tanlangan kurs sahifasidagi ma’lumotlar orqali batafsil oʻrganib chiqing.

Demak, dastlab oʻqishga kirish uchun hujjat topshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli bosqichni tanlang.
  2. Shu yerda umumiy talablar bilan tanishing.
  3. Bachelor’s Degree Programmesbakalavriat uchun maxsus talablar berilgan.
  4. Master’s Degree Programmesmagistratura uchun maxsus talablar koʻrsatilgan.
  5. Sahifadan “APPLY NOW, Online application” yozuvini bosib, ariza toʻldirishni boshlang.
  6. Admission” sahifasi chiqadi. Sahifadan “Programmes/Branches” ni bosib, kerakli kursni tanlang.
  7. Create a new application” yozuvini bosing va sahifa orqali ariza toʻldiring Arizaga soʻraglan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga hujjat topshirish. Grantga hujjat onlayn tarzda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Ariza shaklini yuklab olib, toʻldiring hamda ikkita tavsiyanoma, 1000 ta soʻzgacha hajmda motivatsion xat bilan birga 2020-yil 29-fevralgacha Manager of the International Officega joʻnating.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi (oʻqishga kirishga):

  • Ariza avval onlayn toʻldiriladi, keyin qogʻoz variantiga imzo qoʻyib, soʻraglan hujjatlar bilan birga topshiriladi.
  • CV/rezyume.
  • Diplomi nusxalari.
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Ingliz tilini bilish darajasi CEFR boʻyicha kamida B2 boʻlishi talab qilinadi.
  • Tanlangan kurs va bosqichga qarab boshqa qoʻshimcha hujjalar talab qilinishi mumkin. Masalan, iqtisod va moliya sohalari uchun matematika sertifikatlari ACT/GRE/GMAT kabilar soʻraladi. Bu haqida batafsil tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  • Motivatsion xat.
  • Qoʻshimcha hujjat sifatida tavsiyanomalar soʻralishi mumkin.

Talablar haqida umumiy maʼlumot bilan: shu yerda tanishish mumkin. Aniq ma’lumotlarni esa tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • A’lo baholari.
  • Moliyaviy yordamga muhtojligi.
  • Avvalgi tadqiqot ishlari, masalan, kollej/bakalavr diplom ishida hal etilgan muammolar.
  • Oldin chet elda oʻqimagan nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.

Bogʻlanish uchun: admissions@fsv.cuni.cz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!