×

Chexiya: Ijodkorlar uchun ikki oylik rezidensiya dasturi; 600 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Chexiya Respublikasi

O'QILGAN

1878 marta

Chexiyaning Praga shahrida joylashgan Praha Mesto Literatury tashkiloti ijodkorlardan Prague – City of Literature dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur yozuvchi va tarjimonlar uchun moʻljallangan boʻlib, “Praga – Adabiyot Shahri” nomli dastur birinchi marta 2015-yilda tashkil etilgan. Grant dasturi har yili bir qancha yozuvchi va tarjimonlarga Chexiyaning Praga shahrida 2 oy davomida yashab, oʻz ishlarida shahar tassurotlarini aks ettirishlari uchun qulay sharoit yaratib beradi.

Grant 2020-yilgi dastur boʻyicha 6 nafar qatnashchiga ajratiladi. Barcha qatnashchilar uchun dastur birdaniga boʻlmaydi, ularga 2020-yil davomida turli oylar oraligʻida rezidensiya tashkillashtirib beriladi, ya’ni: yanvar va fevral uchun, mart va aprel uchun, may va iyun uchun, iyul va avgust uchun, sentabr va oktabr uchun, noyabr va dekabr uchun.

Grant kimlar uchun?

Tarjimon va yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Sayohat xarajatlari qoplab beriladi.
  2. Turar joy va oziq-ovqat tashkillashtirib beriladi.
  3. Qatnashchiga 600 yevro oylik stipendiya beriladi. Bu mablagʻ qatnashchining oylik xarajatlarini bemalol qoplaydi, mabodo biror kecha yoki tadbirda ishtirok etish uchun qoʻshimcha mablagʻ kerak boʻlsa, unga mablagʻ ham berilishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlaridan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzodda Chexiya madaniyatiga qiziqish boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini qoniqarli darajada bilishi kerak.
  4. Nomzod ijodi davomida quyidagilardan birini bajargan boʻlishi kerak:
  • kamida bitta adabiy asar;
  • kamida ikkita radio dramasi yoki radio eshittirish
  • kamida bitta sahnalashtirilgan yoki nashr etilgan teatr dramasi yoki
  • Chex yozuvchisi tomonidan yozilgan kamida bitta asardan qilingan tarjima.
  1. Ilgari bu dasturda qatnashgan nomzodlar qayta hujjat topshirishlari mumkin emas.

Dasturga qabul qilinsangiz, sizga quyidagi talablar qoʻyiladi:

  1. Siz tashrif buyurayotgan joyning adabiy-ijodiy hayotida ishtirok etishingiz kerak boʻladi (masalan, badiiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrshuvlar va hkz.).
  2. Dastur paytida ijod bilan shugʻullanishingiz kerak boʻladi. Siz yozgan asar keyinchalik Praga Mahalliy Kutubxonasida saqlanadi va uning elektron va bosma nashrlaridan shu dastur va Pragani targʻib etish maqsadida foydalaniladi.

Dasturi boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun ariza va quyidagi hujjatlarni 2019-yil 31-avgustdan kechiktirmay topshiring:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Nomzodning ishlaridan chex yoki ingliz tilida parcha. Parchaning hajmi koʻpi bilan 2 sahifa boʻlishi kerak (Bu ixtiyoriy, majburiy emas).

Natijalar 2019-yilning 30-oktabrida e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi elektron manzilga murojaat qilishingiz mumkin: prague@cityofliterature.cz.

Ma’lumot uchun: prague@cityofliterature.cz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!