×

Charles University: Chexiyada bakalavriat va magistraturani oʻqish uchun toʻliq grantlar!


Grant

MUHLAT

30.04.2024

QOLGAN VAQT

33 kun

HUDUD

Chexiya Respublikasi

O'QILGAN

13614 marta

Chexiyaning Praga shahrida joylashgan Charlz Universitetining Matematika va fizika fakulteti kompyuter fanlari oid yoʻnalishlarda tahsil olishni xohlagan bakalavriat va magistratura talabalariga Computer Science Tuition Fee Scholarship (CSTFS) grantini taklif etadi. Ushbu grant fakultetning ingliz tilida oʻqitiladigan kompyuter fanlari dasturlari uchun taqdim etiladi. Universitetdagi ingliz tilida oʻqitiladigan kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlarini BU YERDAN topasiz (Computer Science deb yozilganlari).

Ushbu grantlar 2024-2025-oʻquv yilida oʻqishni boshlash uchun 5 nafargacha bakalavriat talabalari hamda 2 nafargacha magistratura talabalariga ajratiladi.

Maʼlumot uchun: Charlz universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, ushbu universitet 2024-yil mart oyi holatiga koʻra, dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 248-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritganlar butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi. Bakalavriat kurslari 3 yil magistratura kurslari esa 2 yil davom etadi.

Talablar:

Grant uchun nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzodlar universitetdagi ingliz tilida oʻqitiladigan kompyuter fanlariga oid bakalavriat yoki magistratura dasturiga ariza topshirishi / topshirayotgan boʻlishi kerak.
  2. Oʻqishni 2024-2025-oʻquv yilidan boshlash uchun ariza topshirayotgan boʻlish kerak.
  3. Oʻzi tanlagan bakalavriat yoki magistrlik dasrturining qabul talablariga javob berishi kerak.
  4. Boshqa biror stipendiya yoki grant dasturidan moliyaviy yordam olmasligi kerak. Agar boshqa biror grantni ham yutsa va oʻshani tanlasa, bu talagabaga CSTFS granti berilmaydi.

Bakalavriat: Bakalavriat bosqichiga ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng xalqaro til sertifikati talab etiladi. Qanday sertifikatlar qabul qilinishi va bakalavriatga qabulning boshqa talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Magistratura: Magistraturaga ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng xalqaro til sertifikati talab etiladi. Qanday til sertifikatlari qabul qilinishi va magistraturaga qabulning boshqa talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura va bakalavriat dasturlariga ham, grantga ham arizalar onlayn tarzda 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi. Dastlab, Student Information System tizimidan roʻyxatdan oʻtiladi (Create a new application). Soʻng magistrlik/bakalavriat dasturi uchun kerakli hujjatlar yuklanib, grant uchun quyidagi hujjatlar ham tizimga yuklanishi/taqdim etilishi kerak:

  1. CV.
  2. Motivatsion xat.
  3. Chop etilgan ishlar/maqolalar ro’yxati (agar bor bo’lsa).
  4. Taʼlim muassasida olingan baholar.
  5. Grant uchun ariza (ariza uchun belgilangan shakl mavjud emas, ism-familiyangiz toʻliq yozilgan va ushbu grantga ariza topshirayotganingiz keltirilgan elektron pochta xabari ariza oʻrniga oʻtadi).
  6. Ish beruvchi yoki ilmiy rahbar (oʻqituvchi)dan ikkita tavsiyanoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi shart. Agar original hujjatlar ingliz tilida bo’lmasa, rasmiy tarjima qilingan holda topshirilishi kerak. Yuqorida sanalgan 1-4-hujjatlar onlayn tarzda Student Information System tizimiga yukalanadi (PDF shaklda).

Grant uchun ariza elektron pochta orqali admission@matfyz.cuni.cz elektron manziliga yuborilishi kerak. Ariza yuborilganda elektron xabar mavzusida “CSTFS application – your name” (masalan: CSTFS application – Eshmat Toshmatov) deb yozlishi kerak.

Tavsiyanomalar ham bevosita tavsiya beruvchi tomonidan elektron pochta orqali admission@matfyz.cuni.cz elektron manziliga yuborilishi kerak. Tavsiyanoma yuborilganda elektron xabar mavzusida “CSTFS Recommendation – your name” (masalan: CSTFS Recommendation – Eshmat Toshmatov) deb yozlishi kerak. Tavsiyanomalarning 2024-yil 30-apreldan kechiktirmay koʻrsatilgan elektron pochta manzillariga yuborilishini taʼminlashga nomzod masʼuldir. Kechikib yuborilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlarga 2024-yil 31-maygacha xabar qilinadi.

Eslatma: Charlz universitetining magistrlik va bakalavrlik dasturlariga ariza topshirish uchun 1500 chex krona (taxminan 64 AQSH dollari) miqdorida ariza haq toʻlanishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin quyidagilar bilan batafsil tanishib chiqing:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!