×

Chexiyada 2 kunlik sammit; turar joy va safar xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadi; joy – 30ta!


Grant

MUHLAT

05.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

3953 marta

Chexiya poytaxti Praga shahrida boʻlib oʻtadigan Unlock 2020 Sammitiga arizalar qabul qilinmoqda.

Sammitda Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina va Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan faollar, jurnalistlar, marketologlar qatnashishlari mumkin. Sammit asosan shaharlarni rivojlantirish va “aqlli shahar”, ekologiyani himoya qilish, koʻkalamzorlashtirish, “yashil texnologiyalar”, onlaym mahfiylik va xavfsizlik, yangi media va faollik kabi sohalar boʻyicha yangi gʻoyalar, loyihalar taqdim etishga qaratilgan. Sammit 2020-yilning 28-29-may kunlari Polshaning Praga shahrida boʻlib oʻtadi. Sammit uchun 10 nafar ishtirokchiga toʻliq, 20 nafariga esa qisman grant beriladi.

Grant kimlar uchun?

Faollar, jurnalistlar, marketologlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sammitda qatnashish uchun grant yutib olish mumkin. Buning uchun sizga travel-grant berilish imkoni mavjud. Sammitda qatnashish uchun 10 nafar ishtirokchiga safar xarajatlari toʻliq qoplanishi va bepul turar joy ajratilishi rejalashtirilgan. 20 nafar ishtirokchining esa xarajatlari qisman qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina va Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod jurnalist, ijtimoy faol, marketolog boʻlishi mumkin.
  3. Nomzod shaharlarni rivojlantirish va “aqlli shahar”, ekologiyani himoya qilish, koʻkalamzorlashtirish, “yashil texnologiyalar”, onlaym mahfiylik va xavfsizlik, yangi media va faollik kabi sohalar boʻyicha yangi gʻoyalar, loyihalar taqdim etishi kerak.
  4. Nomzod rus/ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Sammitga 2020-yil 5-martgacha hujjat topshirish mumkin. Sammitda ishtirok etish va grant uchun shu yerda anketani toʻldirish kerak boʻladi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish hamda bogʻlanish uchun shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!