×

Xitoy: PhD (doktorantura) bosiqichi uchun to’liq grant va 1200 AQSh dollarigacha stipendiya; joy – 200ta!


Grant

MUHLAT

31.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4849 marta

Xitoyda PhD bosqichida o’qishni xohlovchi xorijiy nomzodlardan CAS-TWAS President’s Fellowship Programme 2019 grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur tashkilotlari Chinese Academy of Sciences va The World Academy of Sciences. Dastur maqsadi Xitoyda PhD bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Ushbu dastur bo’yicha qaysi oliy ta’lim muassasalarining PhD bosqichiga topshirish mumkinligi haqida SHU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin. Nomzodlar xohishiga qarab ingliz yoki xitoy tilida olib boriluvchi dasturlarga topshirishi mumkin.

Dastur bo’yicha butun dunyodan 200 nafar talabaga grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Quyidagi sohalarga hujjat topshirganlar ushbu grantga nomzodlik qila oladi:

  1. Agricultural Sciences
  2. Structural, Cell and Molecular Biology
  3. Biological Systems and Organisms
  4. Medical and Health Sciences incl. Neurosciences
  5. Chemical Sciences
  6. Engineering Sciences
  7. Astronomy, Space and Earth Sciences
  8. Mathematical Sciences
  9. Physics

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzod quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Xitoyga borish va xarajati qoplanadi;
  • Viza olish xarajati (65 AQSh dollari) to’lab beriladi;
  • Ro’yxatdan o’tish puli, kontrakt summasi to’liq qoplanadi;
  • 7000 RMB (taxminan 1009 AQSh dollari) dan 8000 RMB (taxminan 1153 AQSh dollari) gacha oylik stipendiya bilan ta’minlanadi. Stipendiya miqdori talaba qabul qilingandan keyin topshiradigan testning natijasiga qarab belgilanadi.

Stipendiya uzog’i bilan 4 yilgacha to’lab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • 2019-yil 31-dekabr holatiga ko’ra 35 yoshdan katta bo’lmaslik lozim.
  • Nomzod dastur boshqa turdagi stipendiya olmasligi kerak.
  • Nomzod UCAS/USTC talablariga mos bo’lishi kerak (UCAS talablari/USTC talablari)
  • Nomzod magistrlik diplomiga ega bo’lishi yoki 2019-yil 1-sentabrgacha magistrlik diplomi olishi kerak.
  • Nozod ingliz yoki xitoy tilini yaxhsi bilishi kerak. Isbot sifatida IELTS/TOEFL/HSK so’raladi.
  • Nomzod dastur tugagach vataniga qaytishi lozim. Bu haqida alohida ariza imzolanadi.
  • Nomzod o’zi tanlagan PhD dasturining qabul qilish talablariga mos bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Dastlab nomzod dasturning barcha shartlarini o’rganib chiqishi va shartlarga mos ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim.
  2. Keyin nomzod o’zi uchun UCAS/USTC tarkibiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalaridan ilmiy rahbar topshi kerak. Ular bilan aloqaga chiqib, kerakli hujjatlarni topshirib, ulardan biriga qabul qilinish lozim. UCAS OTMlari va ilmiy rahbarlarini topish uchun SHU YERGA, USTC OTMlari va ilmiy rahbarlarini topshish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.
  3. Va oxiri grant uchun onayn tarzda ariza to’ldirib, topshiriladi. Ariza SHU YERDA.

Muhim: Harakatni boshlashdan oldin batafsil ma’lumotni o’rganib chiqing – BATAFSIL.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!