Tyanszin universitetining “Chinese Government Scholarship-Silk Road Program” stipendiyasi dasturiga 2019-2020-yillar uchun hujjat topshirish boshlandi. Dastur Xitoy Xalq Respublikasining Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Belt and Road” doirasiga (Oʻzbekiston kiradi) kiruvchi davlatlar oʻrtasida taʼlim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, tegishli soha boʻyicha yosh iqtidorli talabalarga Xitoyda ilmiy darajaga ega boʻlish imkonini beradi.
Stipendiya dasturi quyidagi muddatda amal qiladi:
- Bakalarvriat (xitoy tilida): 4-5 yil;
- Magistratura (xitoy tilida): 2,5-4 yil;
- Magistratura (ingliz tilida): 2-3 yil;
- PhD: 4-5 yil.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Stipendiya yutib olgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Universitetda oʻqish puli to’liq qoplanadi va kampusda bepul turar joy bilan ta’minlanadi;
- Oʻqish tugaguncha har oyda:
– Bakalavriat: 360 AQSH dollari;
– Magistratura: 433 AQSH dolari;
– PhD: 505 AQSH dollari miqdordagi stipendiya; - Talabaning majmuaviy tibbiy sugʻurtasini qoplaydi.
Talablar:
“Chinese Government Scholarship-Silk Road Program”ga nomzod uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzod “Belt and Road” roʻyxatiga (Oʻzbekiston kiradi) kiruvchi davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi;
- Nomzodning yoshi:
- Bakalavriat: kamida 25 yosh va oʻrta maktabni tugatganligi haqida diplom/attestatga ega;
- Magistratura: 35 yoshdan kichik va bakalavr diplomi sohibi;
- PhD: 40 yoshgacha boʻlishi va magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
Dasturlar katalogi:
- Bakalavriat (xitoy tilida): SHU YERDA;
- Magistratura (xitoy tilida): SHU YERDA;
- Magistratura (ingliz tilida): SHU YERDA;
- PhD: SHU YERDA.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish 2018-yilning 20-noyabridan 2019-yilning 10-martiga qadar davom etadi.
Barcha hujjatlar ikki nusxada (notarius tasdiqlaganligi haqidagi hujjatning asli va nusxasi) topshiriladi.
Hujjat topshirish uchun ariza blankasini barcha hujjatlar va ularning xitoy yoki ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxalari bilan 1 dan 11 gacha raqamlab, yuqori chap burchagidan birlashtirib, 2 ta jildga (1-jild notarial tasdiqlangan asli va 2-jild ularning nusxasi) joylab Tyanszin Universiteti Halqaro taʼlim maktabining Qabul boʻyicha xalqaro byurosiga topshirish zarur. Tanlov natijasidan qatʼiy nazar, topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
Hujjatlar quyidagi ketma-ketlikda joylashishi zarur:
- Ariza. Onlayn-murojaatnoma (ariza)ni Xitoy hukumatining stipendiyalar axborot tizimida: SHU YERDA ingliz yoki xitoy tilida toʻldiriladi, onlayn shakli stipendiya dasturida ishtirok uchun joʻnatiladi, soʻng qogʻoz shaklda fotosuratingiz bilan chop etiladi. Tyanszin Universitetining Agentlik raqami 10056, “B” tipdagi dasturni tanlang;
- Oliy maʼlumot diplomining notarial tasdiqlangan sertifikati. Agar talaba oʻqiyotgan boʻlsa, taxminiy sertifikat, ishlayotgan boʻlsa, ish joyidan maʼlumotnoma;
- Baholar varagʻi (diplom ilovasi);
- Oʻqish yoki tadqiqot rejasi (magistr va aspirantlar uchun). 800 ta soʻzdan kam boʻlmagan hajmda Xitoyda oʻqish yoki tadqiqot olib borish haqida ingliz yoki xitoy tilidagi reja topshiriladi;
- 2 ta tavsiyanoma (magistr va aspirant uchun), birinchisi: SHU YERDA; ikkinchisi: SHU YERDA. Magistr professor va dotsentdan, aspirant oʻqituvchilardan olingan tavsiyanomani ingliz yoki xitoy tilida taqdim etadi;
- Pasportning fotonusxasi;
- Chet ellik shaxsning jismoniy tekshiruvdan oʻtganlik maʼlumotnomasi fotonusxasi: SHU YERDA;
- Chet ellik nomzodning TJU professori tomonidan taxminiy qabuli formasi (magistr va aspirant uchun, agar bor boʻlsa): SHU YERDA;
- Til sertifikati.
- Xitoy tili uchun HSK sertifikati, injenerlik: kamida HSK4 (180 va undan yuqori), gumanitar fanlar: HSK5 (180 va undan yuqori);
- ingliz tili uchun TOFEL: kamida 550, yangi TOFEL: kamida 75, IELTS: kamida 6,0;
- Nomzodning oʻzi haqida videomaʼlumoti. Nomzod xitoy yoki ingliz tilida oʻzi haqida 5 daqiqali maʼlumot videosi tayyorlab taqdim etadi (USB-qurilmaga yozilgan boʻlishi kerak).
- Badiiy tadqiqot yoʻnalishiga nomzod oʻzi yaratgan ishlardan ikkita eskiz.
*Barcha hujjatlar yuqorida keltirilgan ketma-ketlikda va oʻrnatilgan tartibda topshirilishi shart, aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.
Qabul jarayoni:
- Ariza qabul qilish: 2018-yil 20-noyabrdan 2019-yil 10-martgacha;
- TJU tomonidan koʻrib chiqish: 2019-yilning 11-martidan 10-mayigacha;
- Xitoy stipendiya Kengashi tomonidan koʻrib chiqish: taxminan 2019-yilning 1-30-iyuni;
- Natijaning eʼlon qilinishi va viza taklifnomasi: 2019-yilning 1-31-iyuli;
- Registratsiya: 2019-yilning avgust oyi oxiri va sentyabr oyi boshlarida.
Bogʻlanish
Manzil: Xalqaro taʼlim maktabining Xalqaro qabulxonasi (216-xona), Tyanszin universiteti, 10-binoda joylashgan. Xitoy, Tyanszin, Nankay tumani, Veyszin koʻchasi 92-uy;
Pochta indeksi: 300072;
Telefon: 0086-22-27406691;
Faks: 0086-22-27406147;
E-mail: iso@tju.edu.cn;
Veb-sayt: http://www.tju.edu.cn/sie/; http://www.tju.edu.cn.