Taylandda joylashgan Chulabhorn Graduate Institute (CGI) universiteti tomonidan ajratilgan Chulabhorn Graduate Institute Post-graduate Scholarship Program for NON-ASEAN Applicants grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar xorijlik talabalarga shu universitet magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi. Grantlar eng yuqori baholarga va yutuqlarga ega nomzodlarga belgilanadi. Grant dasturi doirasida 10 nafar talabaga grant belgilash rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturi doirasida talabaning o’qish, tadqiqot va boshqa barcha xarajatlari qoplab beriladi. Ya’ni, grant o’quv va boshqa akademik to’lovlarni (kredit to’lovi, laboratoriya xarajatlari, malaka oshirish kursi, ro’yxatdan o’tish to’lovi, tezis uchun to’lov, tezis hujjatlarini tayyorlash), ikki tomonlama aviachiptani, viza to’lovini, birinchi turar joy uchun to’lovni, boshqa joyga ko’chib o’tishga beriladigan mablag’ni, turar joyni, oylik stipendiyani, darslik xarajatlarini, tibbiy sug’urta va boshqalarni qoplaydi.
Talablar:
- Nomzod 30 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
- Nomzod CBI magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod asosan quyidagi yo’nalishlardan birida bakalavr diplomiga ega bo’lishi zarur: kimyo, biologiya, molekulyar biologiya va biologiyaga oid boshqa fanlar, atrof-muhitga oid fanlar, tibbiyot, tibbiy texnologiya, farmatsevtika va shunga oid fanlar. Boshqa yo’nalishlar bo’yicha bakalavr darajasiga ega nomzodlar ham ariza topshirishlari mumkin.
- Nomzodning baholari o’rtachasi 4 ballik GPA tizimida 2,75 dan past bo’lmasligi zarur.
- Nomzod ilmiy laboratoriyada ishlash (foydalanish) tajribasiga ega bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va IELTS (kamida 5,0), TOEFL (kamida IBT 64, PBT 500, CBT 173) kabi keng tarqalgan testlarni topshirgan bo’lishi zarur. Aynan necha ball talab qilinishi tanlangan magistratura kursiga bog’liq.
- Grantlar ushbu yo’nalishlardagi magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi: Applied Biological Sciences: Environmental Health, Environmental Toxicology va Chemical Sciences.
Dasturga qabul jarayoni:
Magistratura kursiga ariza topshirish
Avvaliga, magistratura kursiga ariza topshiriladi. Hujjatlarni 2020-yil 30-oktyabrgacha topshirish zarur. Ariza berish jarayoni bilan bu yerda tanishing.
Grantga ariza topshirish
Grantga arizalar 2020-yil 30-oktyabrgacha qabul qilinadi. Natijalar fevral oyida e’lon qilinadi. Hujjat topshirish uchun ushbu arizani to’ldirish va boshqa hujjatlarga qo’shib topshirish kerak.
Kerakli hujjatlar:
- Baholar va diplomlar;
- 3 ta tavsiyanoma;
- Motivatsion xat (statement of purpose);
- Tibbiy ma’lumotnoma (bu yerda);
- Boshqa hujjatlar.
Arizani to’ldirib, kerakli hujjatlarni to’plagach,
- Avvaliga barcha hujjatlarni elektron shaklda cgi_academic@cgi.ac.th elektron manziliga yuboring.
- Shu hujjatlarning rasmiy nusxalarini pochta orqali quyidagi manzilga yuboring:
The Chulabhorn Graduate Institute (CGI Scholarship Program) 906 Kamphangphet 6 Road,Laksi, Bangkok 10210 THAILAND
Email: cgi_academic@cgi.ac.th
Hujjatlar kerakli manzilga 30-oktyabrgacha yetib borishi shart. Pochta xizmatining tezligini hisobga olib, ertaroq hujjat topshirish tavsiya etiladi.
Ma’lumot uchun:
(66 2) 554-1900 ext. 2130, 2138
The Chulabhorn Graduate Institute
906 Kamphangphet 6 Road, Talat Bang Khen, Laksi, Bangkok 10210 THAILAND