×

CICOPS Scholarships 2022 – 5 nafar tadqiqotchi uchun Italiyada tadqiqot olib borish imkoniyati


Grant

MUHLAT

31.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

1162 marta

Italiyada joylashgan University of Pavia universiteti Cicops Office (Centre for International Cooperation and Development) hamda EDiSU (Institute of the Right to University Studies) hamkorlikda rivojlanayotgan mamlakatlardan (Jahon Banki roʻyxatiga kiritilgan) boʻlgan tadqiqotchi olimlar uchun CICOPS SCHOLARSHIPS 2022 grant dasturini taklif etmoqda. Dastur 2021-yil 10-yanvar – 22-iyul hamda 2022-yil 12-sentyabr – 20-dekabr oraligʻida, jami 4-12 hafta davom etadi. Grant doirasida 5 nafar tadqiqotchiga grant ajratish rejalashtirilgan.

Tadqiqot olib borish mumkin boʻlgan sohalarni BU YERDA koʻring.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant gʻoliblari quyidagilar bilan taʻminlanadilar:

  • Safar xarajatlari (borish va qaytish uchun ekonom-klassga aviabilet)
  • Ovqatlanish va yashash xarajatlari
  • Bepul turar-joy
  • Tibbiy sug’urta polisi
  • Haftasiga 150 yevrolik mablagʻ

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod rivojlanayotgan mamlakatlardan birining (roʻyxatda Oʻzbekiston ham bor) fuqarosi boʻlishi kerak
  • Nomzod xalqaro tashkilot yoki muassasada kamida ikki yil davomida faoliyat olib borgan yoki oʻqitish tajribasiga ega boʻlishi kerak
  • Nomzod rivojlanayotgan mamlakatlardan birida, xalqaro tadqiqot markazlarida yoki aynan rivojlanish yoʻnalishida tadqiqotlar olib boruvchi tashkilotlar yoki muassasalarga a’zo boʻlishi kerak
  • CICOPS Scholarships dasturi rivojlanayotgan mamlakatlardan boʻlgan tadqiqotchilarini rag’batlantirish maqsadida qisqa muddatli tadqiqotlar olib borish uchun moʻljallangan.
  • Italiya universitetlarida PhD yoki postdoktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan tadqiqotchilar grantga hujjat topshirish huquqiga ega emaslar
  • CICOPS stipendiyalari qisqa vaqt ichida tadqiqot olib borish va hamkorlik qilish uchun ajratiladi
  • Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzod bu haqida elektron pochta orqali xabar olganidan keyin 20 kun ichida dasturda qatnashishini tasdiqlashi kerak.
  • Dastur davomida gʻolib tadqiqotchidan oʻz tadqiqot sohasi bo’yicha bir yoki bir necha maʻruzalar qilishi soʻralishi mumkin
  • Grant dasturi yakunida tadqiqotchilardan tadqiqot davomida bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot, chop etilgan maqola va nashrlarning nusxalarini taqdim etishlari soʻraladi.

Batafsil talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ariza berish uchun nomzod avvalo oʻzi bilan hamkorlik qilmoqchi boʻlgan professor yoki tadqiqotchidan taklifnoma (invitation letter) olishi kerak. Shundan soʻng  onlayn ariza toʻldirilib, kerakli hujjatlar yuklanishi va 2021-yil 31-maygacha topshirilishi kerak.

Saralash jarayonida quyidagilar eʻtiborga olinadi:

  • Tavsiya etilayotgan loyihaning ilmiy ahamiyati
  • Nomzodning tarjimai holi
  • Grantlarni geografik mintaqalar oʻrtasida adolatli taqsimlash

Yakuniy qaror CICOPS prezidenti va yana ikki hakam tomonidan 2021-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • CV (Yevropa formatida yozilgan va nomzodning chop etilgan nashrlari roʻyxati keltirilgan boʻlishi, fayl Familiya_Ism_CV tartibida nomlanishi kerak)
  • Invitation letter – nomzod bilan hamkorlik qilmoqchi bo’lgan professor yoki tadqiqotchining taklifnoma xati (fayl Familiya_Ism_Letter tartibida nomlanishi kerak).

Saralash jarayoni haqida batafsil maʻlumot: shu yerda.

Grant haqidagi toʻliq maʻlumotni oliygohning rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +39 0382 984232

Email: cicops@unipv.it

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!