×

Mukofot jamg’armasi 300 ming AQSh dollar bo’lgan tanlov!


Grant

MUHLAT

11.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3131 marta

Texnologiya butun dunyoni egallaggan hozirgi vaqtda hayotning barcha jabhalarida ish jarayonini soddalashtirish yoki samarani oshirish uchun yangi-yangi texnologik vositalarga ehtiyoj ham ortib bormoqda. Hozir turmush tarzini yaxshilash va muammolarga yechim topish yo’lini innovatsion texnologiyadan izlash ham zamon talabi. Cisco Global Problem Solver Challenge tanlovi aynan innovatsion texnologiyaga oid g’oyalarni rag’batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Tanlov tashkilotchilari atrof-muhit va jamiyatdagi muammolarni yechish uchun texnologiyadan foydalanishning yangi va samarali usullarini ishlab chiqa olgan iqtidorli va izlanuvchan yoshlarga o’z g’oyalarini amaliyotga ko’chirish va tezroq omma e’tiboriga tushish imkonini beradi. Bu tanlov – shunchaki g’oyaga ega, ijitimoiy va atrof-muhit muammolariga g’oyaviy yechimga ega yoshlarga keyingi qadamlar uchun zaruriy mablag’, o’ziga ishonch va ommaga tanilish imkoniyatidir.

Grant kimlar uchun?

Talabalar va bitiruvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning umumiy mukofot zahirasi 300 000 AQSh dollariga teng. Sovrin jamoalar o’rtasida quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. Asosiy sovrin – 100 000 AQSh dollari.
  2. Asosiy sovrinni qo’lga kiritgan jamoadan bir pog’ona keyingi jamoa uchun – 75 000 AQSh dollari.
  3. Ikkinchi o’rinni egallagan 3 jamoaning har biriga 25 000 AQSh dollaridan.
  4. Uchinchi o’rinni egallagan 4 ta jamoaning har biriga 10 000 AQSh dollaridan.
  5. Eng ko’p ovoz olgan sovrindorga “People’s Choice” mukofoti sifatida 10 000 AQSh dollari

Talablar:

Tanlovda quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Tanlovda yakka tartibda yoki 5 nafargacha a’zodan iborat guruh sifatida ishtirok etish mumkin.
  2. Yakka tartibda ishtirok etadigan nomzod Oliy Ta’lim Muassasasi (OTM) talabasi bo’lishi yoki OTMda o’qishni 2017-yil 1-martdan keyin tugallagan bo’lishi kerak.
  3. Guruh sifatida ishtirok etmoqchi bo’lgan ishtirokchilar vaziyatida esa guruhda talabalar va o’qishni 2017-yil 1-martdan keyin tamomlagan a’zolar ulushi kamida 50% ni tashkil etishi kerak.
  4. Tanlovda biror biznes sifatida ishtirok etish ham mumkin, buning uchun bu biznes egalarining kamida 25% qismi talabalar yoki bitiruvchilardan iborat bo’lishi kerak.
  5. Ilgari shu tanlov yoki Cisco prize at the Rice Business Plan Competition tanlovida pul mukofoti yutib olgan nomzodlar tanlovga qabul qilinmaydi.
  6. Tanlov tashkilotlari va ularga aloqador shaxslar tanlovda qatnashishlari mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Tanlovga atrof-muhit, jamiyat yoki iqtisodiyotdagi muammolarga texnologiya aralashgan yechimlar qabul qilinadi. Topshirilgan ishlar hali g’oya bosqichida bo’lishi kerak. G’oyani hujjatlar, vdeolar yoki boshqa usullarda yetkazish mumkin.
  • Guruh sifatida yoki biznes nomidan ishtirok etayotgan qatnashchilar o’z jamoalariga bir yetakchi tayinlashlari kerak.
  • Tanlovga har bir yakka ishtirokchi yoki jamoa faqat bittadan g’oya bilan ishtirok etishi kerak.
  • Ishlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Hujjat topshirish jarayonida nomzod avvaliga bu yer orqali onlayn ariza topshirishi kerak. Arizalar 2019-yil 11-yanvarga qadar qabul qilinadi. Keyin esa g’oya mazmunini qisqacha ochib beruvchi 90 soniyalik video yuklash kerak. Videolarda turli belgilar, muhrlar, ramz va shu kabi elementlar bo’lmasligi kerak.

Saralash jarayoni

  1. Birinchi bosqich. Saralash jarayonida barcha talablarga mos arizalar birinchi bosqichda ko’rib chiqiladi. Bunda nomzodlarga qo’ng’iroq yoki elektron pochta orqali bog’lanishadi va ulardan o’z g’oyalarini yaxshiroq ta’riflashlari, hay’atda paydo bo’lgan savollarga javob berish so’raladi.
  2. Birinchi bosqichdan o’tgan qatnashchilar keyingi bosqichda 90 soniyalik video taqdim etishadi va mahsus anketa to’ldirishadi.
  3. People’s Choice mukofoti uchun anketalarga berilgan javoblar va g’oyalarga asoslanib nomzodlikka qo’yilgan qatnashchilarga ovoz beriladi. Eng ko’p ovoz to’plagan g’oyalarga shu mukofot beriladi.
  4. Uchinchi bosqichda 9 nafar qatnaschi (ya’ni 9 ta g’oya mualliflari – yakka tartibda yoki guruhlar) saralab olinib, g’oliblar ketma-ketligi aniqlanadi.

Baholash me’zonlari

G’oyalarni baholash 4 ta me’zon asosida amalga oshiriladi:

  1. G’oyaning innovativligi, yangiligi va boshqa shu kabi yechimlardan farqi.
  2. G’oyaning amalga oshish darajasi. Yechimning moliyaviy amaliyotga tadbiq qilinish darajasi va uzoq muddatda barqarorligi.
  3. Yechimning ta’sir darajasi.
  4. G’oyaning yetkazilish darajasi.

Ma’lumot uchun tanlov nizomini o’qib chiqish juda muhim. Savol-javoblar bilan tanishib chiqish ham tavsiya etiladi. Murojaat uchun

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!