×

Cities for our future challenge: Mukofot – 50 ming funt sterling!


Grant

MUHLAT

31.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2211 marta

Dunyoning nufuzli tashkilotlari tomonidan 21-asrning urbanizatsiya, iqlim o’zgarishlari va resurs tanqisligi muammolariga yechim topish maqsadida tashkillashtirilgan “Cities for our future” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda muhandislik, shahar dizayni va arxitekturaga qiziquvchi har qanday ko’ngilli o’z g’oyalari bilan qatnashishi mumkin. Tanlov so’ngida yuqorida sanab o’tilgan muammolardan biriga eng yaxshi yechim taklif qilgan g’olib taqdirlanadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olib 50 000 funt sterling  miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi va uning g’oyasi dunyoga ijobiy o’zgarish olib keluvchi ajoyib namunaga aylanadi. Saralash bosqichidan o’tgan, ammo g’olib bo’la olmagan barcha ishtirokchilarga sanoat sohasidagi mutaxassislar tomonidan o’z g’oyalarini takomillashtrish va hayotga tatbiq qilish borasida maslahatlar beriladi.

Talablar:

Tanlov barcha uchun ochiq: qatnashchilarning yosh, soha yoki millati ahamiyatga ega emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar quyidagi ketma-ketlikda topshiriladi.

  1. Loyihangiz uchun mavzu tanlang. Mavzularni SHU YERDAN tanlashingiz mumkin.
  2. Muammo haqidagi qisqacha ma’lumot bilan SHU YERDA tanishib chiqing va kerakli hujjatni saqlab oling.
  3. Saqlab olingan hujjatni to’ldirib, loyihangizni 2018-yil 31-maydan kechiktirmagan holda onlayn tarzda taqdim eting.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!