×

Ciudad de Talavera tanlovi: eng yaxshi sopol buyumlar uchun 4500 yevro mukofot!


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

1725 marta

Sopol buyumlar yasashga qiziquvchi ijodkorlar uchun Ciudad de Talavera tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda kamida 80% qismi sopoldan yasalgan  buyumlar bilan ishtirok etish mumkin.

Tanlovga balandligi va/yoki kengligi 2 metrdan oshmagan va 30 sm. dan kam bo’lmagan sopol buyumlar qabul qilinadi.

Tanlovda an’anaviy keramika va zamonaviy keramika yo’nalishlari bo’yicha ishtirok etish mumkin. Tanlovga topshirilgan eng yaxshi sopol buyumlar may-iyun oylarida Ispaniyada bo’lib o’tadigan ko’rgazmada namoyish etiladi.

Grant kimlar uchun?

Sopol buyumlar yasashga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

An’anaviy keramika va zamonaviy keramika yo’nalishlarida ikkitadan g’olib aniqlanadi. Ikkala yo’nalish bo’yicha birinchi o’rin egalariga 4500 yevro, ikkinchi o’rin egalariga 2500 yevro pul mukofoti taqdim etiladi.

Talablar:

  • Tanlovga topshirilgan sopol buyumning tomonlari 2 metrdan oshmasligi va kamida bitta tomoni 30 sm. yoki undan katta bo’lishi zarur.
  • Tanlovning keyingi bosqichlari uchun saralab olingan ishtirokchi suratlari yuborilgan kulolchilik mahsulotini 2021-yil 15-aprelgacha Ispaniyaga jo’natishi kerak bo’ladi. Bunda g’olib bo’lmagan ishlar iyul oyida qaytarib jo’natiladi. Xarajatlar ishtirokchi tomonidan qoplanishi kerak. 

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 1-martgacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun ushbu arizani to’ldirib, tanlov uchun tayyorlangan sopol mahsulotning 3 ta fotosuratiga qo’shib bienalinternacionaldeceramica@talavera.org manziliga email orqali jo’nating.

Fotosuratlar buyumning uchta tomonidan tushirilgan bo’lishi, JPG formatida, kamida 300 ppp bo’lishi zarur.

Murojaat uchun: bienalinternacionaldeceramica@talavera.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!