×

Clairvoyants rasmli kitoblar tanlovi: mukofot – 2 500 yevro!


Grant

MUHLAT

15.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2110 marta

Ijodkorlar uchun Clairvoyants nomli bolalar uchun rasmli kitoblar tanlovi e’lon qilindi. Tanlovning maqsadi bolalar uchun chiroyli va qimmatli kitoblarni yaratish,  iste’dodli mualliflar, illyustratorlar va kitob dizaynerlarini kashf qilish hamda ijodkorlarning o’ziga xos g’oyalarini e’tirof etish. Ushbu tanlovda navbatda kitob dizaynerlari, san’at oliygohlari o’quvchilari, rassomlar va erkin ijodkorlar bilan birga boshqa soha vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Ijodkorlar, dizaynerlar, rassomlar, yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Tanlovning asosiy sovrindoriga 2 500 yevro pul mukofoti taqdim etiladi. Undan tashqari, 2 nafar eng yaxshi kitob mualliflari tantanali e’tirof etiladilar.
  2. Asosiy sovrindor va ikki nafar ishtirokchining ishlari tanlov ko’rgazmalari to’plamidan joy oladi.
  3. Asosiy g’olib va ikki nafar ishtirokchining kitoblari Dwie Siostry Publishing House nashriyoti tomonidan chop etiladi.
  4. 2021-yil may oyida g’olib va ikki nafar ishtirokchi tanlov hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan tashkil etilgan masterklass dasturida ishtirok etishadi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovga istalgan mavzu va usulda yaratilgan ilyustratsiyali va rasmli bolalar kitoblari qabul qilinadi. Kitobdagi matnning hajmi (probelni qo’shib hisoblaganda) 40 000 belgidan oshmasligi shart.
  • Ishtirokchining yoshi 18 yoki undan yuqori bo’lishi kerak.
  • Tanlovda yakka tartibda yoki guruh bo’lib ishtirok etish mumkin.
  • Tanlovga taqdim etilgan ishlar ilgari chop etilmagan bo’lishi zarur.
  • Tanlovda bir ishtirokchi yoki guruh bittadan ko’p kitob bilan ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun:

  1. Istalgan mavzudagi, bolalar uchun mo’ljallangan, rasmli kitobning qoralama nusxasini tayyorlashingiz kerak. Kitob ingliz yoki polyak tilida bo’lishi, unga kiritiladigan barcha matnlar to’liq keltirilishi zarur.
  2. Kitob betlarining ochiq turgandagi ko’rinishini ifodalash uchun yonma-yon juft betlaridan uch juftini tayyorlang (“double spread”). Juft betlar ikki xil formatda bo’lishi zarur: PDF formatida (96-144 dpi), VA TIFF/PSD formatida (300 dpi, CMYK).
  3. Kitob haqida qisqacha izoh tayyorlang.
  4. Bu yerda onlayn ariza topshiring. Arizalar 2020-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi. Natijalar 1-aprel kuni e’lon qilinadi.

Tanlovda guruh bo’lib, boshqa ijodkorlar bilan hamkorlikda ishtirok etish ham mumkin. Yangi kitob loyihasini birga tayyorlash uchun hamkor izlayotgan bo’lsangiz, tanlov tashkilotchilarining Facebook sahifasida shunday ijodkorlarni topishingiz mumkin. Tanlovga oid savollarga berilgan javoblar bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!