×

Clarkson University: AQShda magistratura kursi uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1055 marta

AQShning Nyu York shtatida joylashgan Clarkson University oliygohi Merit – Based Graduate Business Program Scholarships grant dasturi orqali magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Clarkson universiteti tarkibiga kiruvchi Reh School of Business maktabida o’qitiladigan magistratura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga kontrakt to’lovi uchun 4 xil turdagi grantlardan biri taqdim etiladi:

  • Fellowship (3.3GPA, 550 GMAT) – ushbu grant turi bo’yicha talaba 15 % kontrakt to’lovidan ozod etiladi.
  • Dean’s (3.5 GPA, 600 GMAT) – ushbu grant turi bo’yicha talaba 25 % kontrakt to’lovidan ozod etiladi.
  • Presidential (3.7 GPA, 650 GMAT) – ushbu grant turi bo’yicha talaba 40 % kontrakt to’lovidan ozod etiladi.
  • Trustees (3.9 GPA, 700 GMAT) – ushbu grant turi bo’yicha talaba 75 % kontrakt to’lovidan ozod etiladi.

Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari hamda GMAT test natijalari asosida belgilanadi. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak.

Clarkson University oliygohi magistratura bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Clarkson University oliygohining magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Magistratura kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 80 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, Clarkson University oliygohi magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2021-yil 15- yanvargacha qabul qilinadi. Kursga qabul muddati kurs yo’nalishlariga qarab farqlanishi mumkin. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bakalavr bosqichi baholar ro’yxati
  • GMAT testi natijasini ko’rsatuvchi sertifikat
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi sertifikatlar ( majburiy emas)
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun foley@clarkson.edu  elektron manziliga yoki 315-268-6400 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!