×

“Climate Smart” yashil startaplar uchun biznes-inkubator dasturi: finalistlar 10 000 dollargacha mini-grant uchun ariza topshirishi mumkin


Grant

MUHLAT

16.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

934 marta

Orol dengizining qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash 2 (ERAS-II)  loyihasi O‘zbekistondagi barcha manfaatdor tadbirkorlarni va startaplarni «Climate Smart “yashil” startaplar uchun biznes-inkubator” dasturida qatnashish uchun ariza topshirishga taklif qilmoqda.

Dasturning O‘zbekistondagi milliy hamkori O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hisoblanadi.

Dasturning tadbirlari 2024-yil yanvardan may oyigacha aralash formatda (onlayn va Qoraqalpog‘istonda yuzma-yuz uchrashuvlar) o‘tkaziladi.

ERAS-II O‘zbekistonda quyidagi sohalardagi startap asoschilarini qatnashishga taklif qiladi:

  • suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya tizimlari
  • raqamli qishloq xo‘jaligi,  innovatsion dehqonchilik va agrobiznes
  • qishloq xo‘jaligidagi muqobil energiya manbalari
  • yopiq sikl iqtisodiyot va chiqindilarni boshqarish
  • oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va o‘rash
  • qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish va chorva mollarini parvarish qilish

Grant kimlar uchun?

O‘zbekistondagi barcha manfaatdor tadbirkorlar va startaplar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning manfaatli jihatlari quyidagilardan iborat:

  • Dastur tadbirlari, uchashuvlari, mentorlik mashgʻulotlarida qatnashish bepul.
  • Biznes inkubatorining finalchilari eng yaxshi 3 ta loyiha uchun mini-grant dasturiga ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi (har bir loyiha $10,000 gacha grant olishi mumkin).

Talablar:

Startaplar yuqorida koʻrsatilgan sohalardan biriga aloqador boʻlishi kerak.

Dastur o’rganib chiqilgan g‘oya bosqichidagi yoki minimal yashash qobiliyatiga ega mahsulot (MVP) bosqichida bo‘lgan startaplar bilan ishlaydi. Loyihalar o‘z mahsulotlari/ xizmatlarining namuna versiyalariga va katta biznes salohiyatga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 15-dekabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

Dasturga doir savollar bo‘yicha dastur koordinatori Yelena Seleznyova bilan bog‘lanishingiz mumkin: elena.selezneva@gbi-consult.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!