×

Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

17968 marta

AQShda joylashgan Coe College oliygohi bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlar uchun Global Leadership Scholarship (Full-Tuition) ta’lim grantini taklif etmoqda. Dastur har yili bir nafar iqtidorli, yetakchi xorijlik talabaning oliygohda bepul ta’lim olishi uchun grant ajratadi. Grant universitetdagi istalgan bakalavriat yoʻnalishi uchun taqdim etilishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant g’olibining 1-yildagi o’qish to’lovini 100 foiz to’lab beriladi. Keyingi 3 yil davomida esa o’qish puli uchun 1-yilda ajratilgan miqdorda summa ajratiladi va bunga yana 1000 dollar qo’shib boriladi.

Aytaylik, 2024-yili kontrak summasi 50 ming dollar. 1-yilda bu to’liq qoplanadi. 2-yilda esa kontrakt summasini qoplash uchun talabaga 51 ming dollar ajratiladi. Agar kontrakt summasi 2-yilda 51 ming dollardan ko’proqni tashkil qilsa, talaba qolgan qismini o’zi to’lashi kerak (odatda 1 yilda kontrakt summasi 2000 dollardan ko’pga oshmaydi).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • AQSh fuqarosi yoki doimiy rezidenti bo’lmaslik kerak.
  • Maktabni (litseyni, kollejni) tamomlagan bo’lishi yoki oxirgi sinf/kurs bo’lish kerak.
  • Nomzod oʻzi tanlagan yoʻnalishning kirish talablariga mos bo’lishi kerak.
  • Shu universitetning bakalavr kurslaridan biriga kunduzgi taʼlim (full-time) tartibda qabul qilinishi kerak.
  • Grant ajratishda nomzodning akademik ko’rsatkichlari va erishgan yutuqlariga asoslaniladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu oliygohdagi bakalavrlik kursiga va mazkur grantga alohida-alohida ariza topshiriladi. Bakalavrlik kursiga ariza topshirish jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Hujjat topshirish jarayoni (grantga):

Global Leadership Scholarship (Full-Tuition) grant dasturiga BU YERDA ariza beriladi. Ariza 2024-yil 1-fevralgacha topshirilishi zarur. Arizada nomzoddan shaxsiy va akademik ma’lumotlari, qiziqishlari, yutuqlari, rezyume va quyidagi mavzuda 500-1000 so’zdan iborat esse yozishi so’raladi:

«To live is to choose. But to choose well, you must know who you are and what you stand for, where you want to go and why you want to get there.» – Kofi Annan.
In an effort to help our scholarship committee begin to understand who you are and your goals, please provide a response to the above quote. Briefly describe your personal background and how advancing your education will assist you in achieving your goals.

Hujjat topshrish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishing.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishdan oldin grant beruvchining rasmiy saytidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Murojaat uchun:

Tel: 319 399 8500

E-mail: admission@coe.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!