×

Coe College International Scholarships: AQShda bakalavr kurslari uchun 30 000 AQSh dollarigacha grantlar!


Grant

MUHLAT

01.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1897 marta

AQShda joylashgan Coe College universiteti tomonidan beriladigan International Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Coe College bakalavr kurslariga qabul qilingan chet ellik talabalarga akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi. Universitetda mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori nomzodning SAT/ACT kabi test natijalari, baholari va boshqa akademik yutuqlariga asosan belgilanadi va 30 000 AQSh dollarigacha miqdorda bo’ladi.

Coe College da bir yil o’qish, yotoqxona va oziq-ovqat uchun taxminan 63 133 AQSh dollari kerak bo’ladi.

Talablar:

  • Nomzod maktab, litsey yoki kollejni shu yil tamomlayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari a’lo bo’lishi kerak.
  • Nomzod kamida TOEFL IBT 68, IELTS 6,0 yoki PTE Academic 59 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  • SAT yoki ACT testi natijalarini topshirish ixtiyoriy. Baholari 4 balli GPA tizimida 3 balldan past nomzodlar bu testlardan birini topshirishi shart. Barcha rasmiy talablar bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Bakalavr kurslariga ariza bergan nomzodlarning arizasi grant uchun ham ko’rib chiqiladi.

Bakalavr kursiga arizani Common Application ariza tizimi orqali boshlashingiz mumkin. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 1-aprel.

Kerakli hujjatlar:

  • To’ldirilgan ariza. 
  • SAT yoki ACT testi natijalari. Bu ixtiyoriy, lekin faqat baholari 4 balli GPA tizimida 3 ball yoki undan yuqori nomzodlargina SAT/ACT topshirishdan ozod qilinadi.
  • Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey baholari.
  • Tavsiyanoma.
  • Personal statement.
  • International Student Financial Statement.

Hujjat topshirish jarayoni haqidagi rasmiy ma’lumotlar bilan bu yerda tanishing.

Murojaat uchun: admission@coe.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!