AQShda joylashgan Columbia University School of General Studies bakalavr kurslari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu bakalavr kurslariga ariza topshirgan nomzodlarda universitet tomonidan beriladigan turli grantlarni yutib olish imkoniyati ham paydo bo’ladi. Columbia universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan. Columbia universitetidagi School of General Studies AQShdagi eng nufuzli fakultetlardan biri hisoblanadi va maktabni tamomlagandan keyin universitetda o’qishni kech boshlagan yoki sharoit va holati odatiy abituriyentlarnikidan farq qiladigan talabalar uchun maxsus tashkil etilgan. Bu haqida batafsil
Grant kimlar uchun?
Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitet grant dasturlari iqtidorli va umidli talabalarga 500 AQSh dollaridan 25 000 AQSh dollarigacha grantlar ajratishi mumkin. Odatda, o’qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalariga 9 000-12 000 AQSh dollari grant belgilanadi.
Talablar:
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi talab etiladi. Bakalavr kurslariga qabul uchun kamida IELTS 7.0 yoki TOEFL IBT 100 ballga ega bo’lishingiz zarur. Batafsil
- Bakalavr kursiga qabul uchun nomzod SAT yoki ACT testlaridan birini topshirgan bo’lishi kerak. Agar nomzod test topshirmagan bo’lsa, Columbia universiteti kirish imtihonini topshirishi lozim. Imtihon onlayn tarzda bo’ladi va unga ro’yxatdan o’tish uchun 50 AQSh dollari to’lov amalga oshiriladi. Imtihonga ro’yxatdan o’tish uchun avval qabul uchun ariza to’ldiriladi, ariza topshirish jarayonida imtihonga qanday ro’yxatdan o’tish ham ko’rsatiladi. Imtihon haqida batafsil
- Nomzod maktabni (litsey, kollej) tamomlagandan so’ng o’qishga hujjat topshirgunicha kamida 1 yil vaqt o’tgan bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Bakalavr kurslariga ariza topshirsangiz, universitetda mavjud barcha grant dasturlari uchun nomzodlikka qo’yilasiz. Ammo grant yutib olish istagidagi nomzodlar bakalavr kurslariga ma’lum muddatdan kechikmasdan hujjat topshirishlari talab etiladi. 2021-yil bahorgi bakalavr kurslariga arizalarni 2020-yil 1-oktyabrgacha topshirishingiz kerak. Ariza topshirish tartibi quyidagicha:
- Avvaliga bakalavr kursi uchun umumiy ariza to’ldirish talab etiladi. Arizani bu yerda to’ldirishingiz kerak. Ariza topshirishda 80 AQSh dollari ariza to’lovini ham amalga oshirish kerak.
- Ariza to’ldirilgandan so’ng, moliyaviy holatingizni ko’rsatuvchi maxsus hujjatni to’ldirish kerak bo’ladi. Uni bu yerda to’ldirishingiz mumkin.
Ariza topshirishda 1200-1500 so’zli insho va ikkita tavsiyanoma ham talab etiladi. Shu va shu kabi kerakli hujjatlar ariza shaklida ko’rsatilgan bo’ladi.
Arizani yakunlash uchun barcha hujjatlarni quyidagi manzilga pochta orqali yuboring:
Office of Admissions and Financial Aid
Columbia University School of General Studies
408 Lewisohn Hall, MC 4101
2970 Broadway
New York, NY 10027
Kerakli hujjatlar ro’yxati bu yerda, “Admissions Checklist” bandi ostida keltirilgan.
Ma’lumot uchun gs_financial_aid@columbia.edu (grant to’g’risida savollar bilan) yoki gs-admit@columbia.edu (qabul xususidagi savollar bilan) elektron manzillariga murojaat qiling.