×

Comic and Cartoon Competition: gender tengligi ifodalangan rasmlar uchun 1200 yevro mukofot!


Grant

MUHLAT

14.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1341 marta

Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun Comic and Cartoon Competition tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga gender tengligi ifodalangan va matn ishtirok etmagan rasm, ilyus­­­­­­­tratsiya, komiks va shu kabi chizma asarlar qabul qilinadi.

Tanlov ishtirokchilari gender tengligi haqida o’z tasavvurlarini chizgan asarlari orqali ifodalashlari talab etiladi. Unda quyidagi mavzular bo‘yicha rasm, karikatura va komikslar qabul qilinadi:

– ayollar va atrof-muhit;

– hukumatdagi ayollar, qarorlarni qabul qilishda ayollarning o‘rni;

– qizlar;

– ayollar va iqtisodiyot;

– ayollar va qashshoqlik;

– ayollarga nisbatan zo‘ravonlik;

– ayollar huquqlari;

– ayollar ta’limi;

– ayollarning ahvolini yaxshilash uchun institutsional mexanizmlar;

– ayollar va sog’liqni saqlash;

– ayollar va ommaviy axborot vositalari;

– ayollar va qurolli to‘qnashuvlar.

Grant kimlar uchun?

18-28 yoshdagilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar:

  • 1-o‘rin: 1200 yevro
  • 2-o‘rin: 750 yevro
  • 3-o‘rin: 500 yevro pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Talablar:

  • Tanlovda 18-28 yoshli nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzod gender tengligi va ayollarning jamiyatdagi o’rni mustahkamlashga intilishi kerak.
  • Tanlovga topshirilgan rasm avval hech qayerda e’lon qilinmagan va chop etilmagan bo’lishi kerak.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta rasm bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Topshirilgan ishlarda matn, dialoglar bo’lmasligi kerak.
  • Topshirilgan rasmlar A4 jpg, jpeg, png, yoki pdf formatida, hajmi ko’pi bilan 5 MB va kamida 150 dpi bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda 14-martgacha ishtirok etish mumkin. Ariza berish uchun bu yerga bosing. Natijalar may oyida e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!