×

Comics competition BDFIL 2023: mukofot jamgʻarmasi 5500 dollar boʻlgan komikslar tanlovi


Grant

MUHLAT

01.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

935 marta

Shveytsariyaning xalqaro BDFIL tashkiloti butun dunyo boʻylab komiks ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida “Comics competition BDFIL 2023” tanlovini tashkil etmoqda. Tanlovda barcha komiks yaratishga qiziquvchi, lekin haligacha biror nashriyotda ishi nashr etilmagan ijodkor va havasmandlar ishtirok etishi mumkin.

Bu yilgi tanlov mavzusi “Evrika” deb nomlanadi va ushbu mavzuga doir barcha komik ishlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Komiks yaratishga qiziquvchi va kamida 15 yosh boʻlgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin uchun — 2000 CHF (taxminan 2194 AQSh dollari).
  • 2-oʻrin uchun — 1500 CHF (taxminan 1645 AQSh dollari).
  • 3-oʻrin uchun — 1000 CHF (taxminan 1096 AQSh dollari).
  • Gʻoliblar taqdirlash marosimi va koʻrgazma uchun Shveytsariyaning Lozanna shahriga taklif etiladi. Bunda Gʻarbiy Yevropadan kelgan gʻoliblarning sayohat, turar joy va ovqatlanish xarajatlari tashkilot tomonidan qoplab beriladi. Gʻarbiy Yevropadan boshqa davlatlar esa sayohat xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak. Ular ham turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
  • Barcha ishtirokchilarning ishlari koʻrgazmada namoyish qilinadi. 3 nafar gʻolibdan tashqari, yana eng yaxshi bir nafar ishtirokchi ishi koʻrgazmaga tashrif buyurgan omma tomonidan 500 CHF (taxminan 549 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda 15 yosh va undan katta yoshdagi komiks yaratishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzod 2023-yil 31-avgustga qadar biror jurnal, gazeta va litsenziyaga ega onlayn platformalarda oʻz ishini nashr qildirmagan boʻlishi kerak.
  • Nomzodlar faqat bitta ishi orqali tanlovda ishtirok etishi mumkin. Jamoaviy ishlar qabul qilinmaydi.
  • Tanlovning avvalgi mavsumlarida gʻolib boʻlganlar bu mavsumda ishtirok eta olmaydi.
  • Ijodiy ishlar “Evrika” mavzusiga doir boʻlishi, bitta toʻliq original hikoyani aks ettirishi lozim.

Ijodiy ishlarga qoʻyilgan talablar:

  • Loyiha A3 formatida (29,7 x 42 sm) vertikal holatda taqdim etilishi kerak.
  • Ijodiy istalgan uslub, shakl va materiallardan erkin foydalanish mumkin.
  • Ijodiy ishda matnlar va dialoglar (agar mavjud boʻlsa) ingliz yoki fransuz tilida boʻlishi kerak.
  • Ishtirokchining aloqa maʼlumotlari ijodiy ish orqa tomonda aniq koʻrsatilishi kerak: muallif familiyasi, ismi, tugʻilgan sanasi (kun/oy/yil), toʻliq pochta manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili.
  • Ijodiy ishdagi rang berish va yaratish uslubi (agar mavjud boʻlsa) alohida taʼkidlanishi lozim.
  • Har bir ishning original varianti yoki nusxasi BDFIL manziliga optimal himoyalangan, oʻralgan, qadoqlangan tarzda yetkazilishi kerak. Qabul qilingan ishlar BDFIL tomonidan toʻgʻrisida e-mail orqali 2023-yil 15-iyunga qadar tasdiqnoma yuboriladi.
  • Chetdan yuborilgan har qanday ishlar bojxona hujjatida “tijorat qiymati mavjud emas” (“no commercial value”) maʼlumoti kiritilgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ijodiy ishlar 2023-yil 1-iyuniga qadar quyidagi manzilga pochta orqali yetkazilishi lozim: BDFIL, Comics competition BDFIL 2023, Place de la Cathédrale 12, 1005 Lausanne — Switzerland.

ESLATMA: BDFIL ofisi faqat dushanbadan payshanbagacha, soat 14:00 dan 17:00 gacha ishlarni qabul qilishi mumkin. Manzil: BDFIL, Comics competition BDFIL 2023, Place de la Cathédrale 12, 1005 Lausanne — Switzerland

Qabul jarayoni va ishlarni yuborish tartibi haqida maʼlumot BU YERDA.

Ishlarning baholanishi:

Uch nafar gʻolib 2023-yil 30-iyun juma kuniga qadar telefon va elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Ularning ism-shariflari 2023-yil 31-avgust ochilish marosimida ommaga eʼlon qilinadi va 1 hafta ichida BU YERDA alohida eʼtirof etiladi.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval tanlov shartlari (PDF) bilan yaxshilab tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: info@bdfil.ch.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!