×

Community Engagement Exchange (AQSH): 21-27 yoshli yetakchilar uchun 1 yillik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

02.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

7914 marta

Community Engagement Exchange (CEE) dasturi 21-asrning jiddiy muammolarini hal qilish uchun turli jamiyatlar bilan ishlovchi innovatorlarning global tarmogʻidir. Dastur 100 dan ortiq mamlakatlarda masʼuliyatli yetakchilarni koʻp tarmoqli yondashuvlar ishlab chiqish hamda sogʻlom va faol jamiyat qurishga moʻljallangan tajriba, koʻnikma va manbalar bilan taʼminlaydi.

Ushbu 1 yillik dastur 21-27 yoshli fuqarolik jamiyati yetakchilariga jamoat manfaati uchun, xususan, fuqarolik muloqoti va tinchlik oʻrnatish, ochiq va keng ishtirokchilikka asoslangan hukumat, ayollar va gender masalalari, barqarorlik va barqaror rivojlanish hamda yoshlarning jamiyatdagi ishtiroki masalalari yuzasidan netvorking imkoniyati, aloqalar va maʼlumotdan foydalanish imkonini taqdim etishga moʻljallangan.

Dastur quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

  • AQSHda 3 oylik amaliyot: IREX tashkiloti CEE ishtirokchilarini AQSHdagi mos fuqarolik jamiyati tashkilotlariga joylashtiradi. Tayinlangan nazoratchilar va hamkasblar ishtirokchikarni 3 oylik bevosita amaliyot davomida qoʻllab-quvvatlaydi.
  • Yetakchilik va fuqaroviy ishtirok akademiyasi: CEE ishtirokchilari xizmat taʼlimi, yuzma-yuza treninglar, mentorlik dasturi, professional murabbiylik va global tarmoqqa kirish mashgʻulotlarini oʻz ichiga olgan interaktiv dastur orqali CEE dasturining mavzularini tadqiq etadi.
  • Jamoatchilik ishtiroki loyihasi (CEP): AQSHdagi mezbon tashkilot va mentorlar yordamida dastur ishtirokchilari vataniga qaytgandan keyin oʻzlari amalga oshiradigan jamoatchilik sihtiroki loyihasini rejasini tuzadi. Ishtirokchilar AQSHdan joʻnab ketgach, oʻz jamiyatlarida ushbu loyihalarini amalga tatbiq etadi.
  • Jamoatchilik ishtiroki loyihasi (CEP) almashinuvi: Dastur bitiruvchisining arizasiga (soʻroviga) koʻra, tanalangan AQSHlik mezbonlar va CEE mutaxassislari CEE dasturi bitituvchilari davlatiga tashrif buyuradi va bitiruvchining loyihasini amalga tatbiq qilish ustida hamkorlikda ishlaydi. Shuningdek, oʻzlari borgan davlatda AQSH yoki oʻz mamlakatidagi jamiyatni yaxshilash uchun oʻrgangan tajribasi bilan qaytadi.

Hozirda CEE 205 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Jamoatchilik ishtiroki (community engagement) nima ekani haqida BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

21-27 yoshli fuqarolik jamiyati sohasi yetakchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlarning deyarli barchasini qoplaydi:

  • J-1 viza olishga yordam.
  • AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
  • Favqulodda holat va tibbiy sugʻurta.
  • AQSHdagi amaliyot davrida turar joy, oziq-ovqat va boshqa kundalik xarajatlarni qoplash uchun mablagʻ ajratiladi

Talablar:

Dasturga quyidagi mezonlarga mos fuqarolik jamiyati va jamiyat yetakchilari ariza topshirishi mumkin:

  • Ariza topshirish vaqtida 21-27 yosh boʻlish kerak.
  • Belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlish (Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bu davlatlar roʻyxatida bor).
  • Ariza topshirish vaqtida jamoatchilik yoki fuqarolik jamiyati masalalari boʻyicha kamida 2 yillik ish yoki volontyorlik tajribasiga ega boʻlish kerak.
  • Oʻz davlatida yashayotgan va ishlayotgan boʻlish. Bunda nomzod oʻz davlatida jamoatchilik ishtiroki tashabbusi ustida xoh kasbiy, xoh volontyorlik ishini olib borayotgan boʻlishi hamda fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarda karyera qilishni koʻzlagan boʻlishi kerak.
  • Ariza topshirish vaqtida ingliz tilini yuqori darajada bilish (ham yozma, ham ogʻzaki shaklda). Saralashning yarim final bosqichiga oʻtganlardan TOEFL yoki IELTS imtihoni ballarini taqdimetish yoki shu imtihonlardan birini topshirish talab etiladi.
  • AQSHga 2025-yilda boshlanadigan 3 oylik amaliyot dasturiga bora olish kerak.
  • Amaliyot dasturidan keyin jamoatchilik ishtiroki loyihasini yakunlash uchun oʻz davlatiga qaytish masʼuliyatini olish lozim.
  • AQSH fuqarosi yoki doimiy rezedenti boʻlmaslik hamda oxirgi 3 yil ichida AQSHda doimiy rezidentlik uchun ariza bermagan boʻlish kerak.
  • J-1 vizasini olish talabiga mos boʻlish.
  • Dastur yakunlangach, kamida 2 yil ishlash uchun oʻz davlatiga qaytish masʼuliyatini olish.
  • Hozirda IREX tashkiloti xodimi yoki konsultatni yoki ularning yaqin qarindoshi boʻlmaslik.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 2-iyulrga qadar qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab hisob (akkaunt) yaratish kerak: ariza topshirish platformasida “Click here to start a new aplication” tugmasini bosish orqali roʻyxatdan oʻtib, akkaunt yaratish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon, savol-javoblar va dastur haqidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!