×

Concrete in Life fotosuratlar tanlovi: betondan ishlangan inshootlarni suratga tushirib, 10 000 AQSh dollari yutib olish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

18.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1257 marta

Global Cement and Concrete Association tomonidan tashkil etilgan Concrete in Life (“Betonning hayotimizdagi o’rni”) nomli fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi. 

Sayyoramizda eng ko’p ishlatiladigan texnogen mahsulotlardan biri – beton turli ko’rinishlarda hayotimizdan joy olgan: turar joy, idoralar, yo’l va ko’priklar, dengiz to’siqlari va boshqa inshootlar qurilishini bu mahsulotsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Fotosuratlar tanlovi esa betonning o’rni, muhimligi va mustahkamligini yana bir bor insonlarga eslatish maqsadida tashkil etilgan. Tanlovga betondan foydalanish va uning rolini o’zida aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi. Tanlovga quyidagi 4 yo’nalish bo’yicha fotosuratlar taqdim etish mumkin:

  • Urban design and use #UrbanConcrete (betonning shaharsozlikda ishlatilishi)
  • Infrastructure #ConcreteInfrastructure (betonning infratuzilmalarda ishlatilishi)
  • Concrete in daily life #ConcreteInDailyLife (betonning har kunlik turmushimizda ishlatilishi)
  • Concrete on video #ConcreteinLifeVideo (beton haqida 1 daqiqalik yoki undan qisqa hajmdagi videolar uchun).

Grant kimlar uchun?

Professional va havaskor suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir kategoriya bo’yicha bir nafardan professional va bir nafardan havaskor ijodkor g’olib sifatida tanlab olinadi.

Tanlovning mutlaq g’olibiga 10 000 AQSh dollari pul mukofoti, kategoriyalar bo’yicha g’oliblarning har biriga 2 500 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi.

Talablar:

  • Tanlovda 18 yoshdan oshgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  • Fotosuratlar suratga tushirish mahorati, suratning sifati va g’oyaning o’ziga xosligiga asosan bahonaladi.
  • Tanlov shartlari bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 18-noyabrgacha ariza berish mumkin. Ariza berishda maxsus ariza shakli to’ldirish yoki ro’yxatdan o’tish talab etilmaydi. 

Hujjat topshirish jarayonini diqqat bilan o’qing: 

Hujjat topshirish uchun surat yoki videolarni Instagram yoki Twitter ijtimoiy tarmoqlarida quyidagu heshteglar bilan birga postga yozishingiz zarur:

Urban Design kategoriyasi uchun: #ConcreteInLife #UrbanConcrete

Infrastructure kategoriyasi uchun: #ConcreteInLife #ConcreteInfrastructure

Concrete in Daily Life kategoriyasi uchun: #ConcreteInLife #ConcreteInDailyLife

Concrete on Video kategoriyasi uchun: #ConcreteInLife #ConcreteInLifeVideo.

Undan tashqari, postga tanlovni olib borayotgan kompaniya – GCCA ni tag qilish zarur. Kompaniyani tag qilish uchun Instagram’da @the.gcca, Twitter’da @thegcca akkauntlarini tag qiling.

Tanlovning ilgarigi sonlarida g’olib deb topilgan fotosuratlarni bu yerda ko’rishingiz mumkin. Natijalar 2020-yil dekabr oyida Instagram tarmog’ida e’lon qilinadi. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!