×

Contemporary Talents san’at tanlovi: mukofot – 15 000 yevro!


Grant

MUHLAT

20.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1064 marta

François Schneider Foundation tomonidan tashkil etilgan Contemporary Talents san’at tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning bu yilgi mavzusi – Water (suv).

Tanlovga rassomchilik, dizayn, haykaltaroshlik, instalyatsiya, video, suratkashlik va har qanday vizual yoki plastik san’at yo’nalishlari bo’yicha san’at asarlarini taqdim etish mumkin. Asarlarda tanlovning mavzu – suv va unga oid fikrlar aks etishi zarur. Asarlar ma’lum shakl yoki abstrakt ko’rinishda, real hayotdan olingan yoki tasavvuriy bo’lishi mumkin.

Ushbu tanlovga har yili 100 dan ortiq davlatdan bo’lgan ijodkorlar tomonidan 1000 dan ziyod asarlar taqdim etiladi. 

Tanlov san’atda faoliyat yuritayotgan, tajribali ijodkorlar uchun mo’ljallangan. Ishtirok etish uchun nomzod san’at sohasida kasbiy faoliyat olib borgani, o’z asarlariga va tajribasiga ega ekanligini ko’rsatib berishi kerak bo’ladi.

O’tgan yilgi tanlov g’oliblari va ularning asarlari bilan bu yerda tanishing. 

Grant kimlar uchun?

Tajribali ijodkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 4 nafargacha g’oliblar aniqlanadi. Har bir g’olibga diplom va 

G’olib bo’lgan muallif yaratgan asarni o’z nomiga o’tkazish uchun tashkilotchilar tomonidan 15 000 yevro baho belgilangan.

Talablar:

  • Nomzod san’at sohasida faoliyat yuritayotgan bo’lishi yoki san’at oliygohini tamomlagan bo’lishi zarur.
  • Nomzod san’at sohasida ish tajribasiga va o’z asarlariga ega bo’lishi kerak.
  • Instalyatsiyava haykaltaroshlik bo’yicha ishtirok etish niyatidagi nomzodlar ma’lum haykal yoki instalyatsiyaning rejasini taqdim etishlari mumkin. Bunda yasash va yaratish uchun ketadigan xarajatlar hisoblab berilishi zarur. G’oliblarga reja qilingan asarni yaratish xarajatlari qoplab beriladi. Instalyatsiya va haykaltaroshlikdan boshqa barcha yo’nalishlar uchun yaratib bo’lingan asarlar taqdim etilishi kerak.
  • Tanlovda 16 yosh yoki undan katta shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 20-noyabrgacha qabul qilinadi. Ariza berish uchun bu yerda ro’yxatdan o’tish zarur.

Ma’lumot uchun:

Fondation François Schneider

27 rue de la Première Armée

68700 Wattwiller – France

Tel : +33 (0)3 89 82 10 10

info@fondationfrancoisschneider.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!