×

Conversation with the Little Prince yozma ishlar tanlovi: g’oliblar Dubayga sayohat qilishadi!


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2481 marta

UNESCO tomonidan tashkil etilgan Conversation with the Little Prince (Kichkina Shahzoda Bilan Suhbat) nomli yozuvchilik tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun mashhur asarning qahramoni – Kichkina Shahzoda 2020-yilda yerga qaytib, karantin vaqtida bir qizaloqning uyiga kirgan, deb tasavvur qilgan holda, ularning tasavvuriy suhbati haqida yozishingiz kerak. 

Kichkina Shahzoda qizaloqqa nima degan bo’lishi mumkin? Ular qizaloqning sayyora taqdiri haqidagi xavotirlari, umid va qo’rquvlari haqida gaplashishgan bo’lsa, Kichkina Shahzoda qanday fikrlar bildirgan? Bali u o’zi bilgan sir va haqiqatlarni aytib bergandir? Bu suhbatni tanlovning har bir ishtirokchisi o’zi xohlagandek jonlantirib yozib berishi mumkin.

Tanlovning maqsadi yoshlar ijodkorligini qo’llab-quvvatlash, shuning uchun tanlov uchun tayyorlangan asarlarda ijodkorlik va tasavvurni ishga soling! Kichkina Shahzoda va 21-asrlik qizaloqning suhbatini qanday tasavvur qilsangiz, shuni yozib, tanlovga taqdim qiling. Yozma ishlar hajmi 5000 belgidan oshmasligi zarur.

Tanlov uchun UNESCO tomonidan tayyorlangan treyler bu yerda turli tillarda joylangan.

Grant kimlar uchun?

1995-yil 1-yanvardan keyin tug'ilgan yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 60 finalist g’olib va 6 nafar g’olib aniqlanadi. G’olib bo’lgan 6 nafar ishtirokchi World Expo Dubai 2021-22ga taklif etiladilar. Barcha finalist va g’oliblarning yozma ishlari UNESCO galereyasida e’lon qilinadi va festivalda o’qib beriladi. Har bir til bo’yicha 10 nafardan finalist va 1 nafardan g’olib aniqlanadi.

Taqdirlash marosimi 22-24 yanvar kunlari onlayn bo’lib o’tadigan festival doirasida bo’lib o’tadi. Agar bu vaqtga kelib karantin vaziyati yaxshilansa, marosim Parijda bo’ladi. Batafsil

Talablar:

  • Tanlovga arab, ingliz, rus, xitoy, fransuz va ispan tillarida yozilgan ishlarni taqdim etish mumkin.
  • Tanlovda 1995-yil 1-yanvardan keyin tug’ilgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. 
  • Tanlovga topshirilgan yozma ishlar hajmi 5000 belgidan oshmasligi zarur (probellar bilan qo’shib hisoblaganda).

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga 30-noyabrgacha ariza topshirish mumkin. Yozma ishlarni bu yerda yuborishingiz mumkin. Natijalar yanvar oyida e’lon qilinadi. Yozma ishlar hajmi 5000 belgidan oshmasligi zarurligini unutmang. 

Murojaat uchun: learningplanet@cri-paris.org 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!