×

Counter Strike, DOTA2, FIFA20 va PUBG o’ynaysizmi? Mukofot jamg’armasi 129 million so’m bo’lgan e-sport turnirida ishtirok eting!


Grant

MUHLAT

19.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

7057 marta

2020 yil 21 iyuldan 31 iyulgacha IT Park Uzbekistan va Adrenaline Rush Uzbekistan tomonidan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko’magida «Counter-Strike»: Global Offensive, DOTA 2, FIFA 20 va PUBG Mobile e-sport o’yinlari bo’yicha yirik Adrenaline Cyber Cup onlayn turniri tashkil etiladi. Turnir dunyoga mashhur FACEIT onlayn-platformasida, Qozog’iston Respublikasi serverlarida to’rt yo’nalishda o’tkaziladi:

  1. Counter Strike: Global Offensive
  2. DOTA 2
  3. FIFA 20
  4. PUBG Mobile

CS: GO va DOTA2 o’yinlari bo3 Olimpiya tizimiga muvofiq o’tkaziladi. FIFA 20 o’yinlari guruhlarga bo’lingan holda o’tkaziladi. Guruhlar tizimi ishtirokchilar soniga qarab belgilanadi. O’yinlarni YouTube va IT Park Twitch kanallarida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

Turnirning markaziy o’yinlariga O’zbekiston Respublikasining e-sporti dunyosida taniqli mutaxassislar – Daniil «DanTheVamp1re», Sultanbek «Allinclusive_heyiamhere» va Pavel «IGringoI» Saprikin sharhlovchilik qilishadi. Turnir 2020-yil 21-iyul 11:00 da boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yo’nalishlaragi 1, 2 va 3-o’rin g’oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

Counter Strike:Global Offensive

  1. 25 000 000 so’m pul mukofoti
  2. 15 000 000 so’m pul mukofoti
  3. 10 000 000 so’m pul mukofoti

DOTA 2

  1. 20 000 000 so’m pul mukofoti
  2. 15 000 000 so’m pul mukofoti
  3. 10 000 000 so’m pul mukofoti

FIFA 20

  1. 5 000 000 so’m pul mukofoti
  2. 3 000 000 so’m pul mukofoti
  3. 2 000 000 so’m pul mukofoti

PUBG Mobile

  1. 12 000 000 so’m pul mukofoti
  2. 8 000 000 so’m pul mukofoti
  3. 4 000 000 so’m pul mukofoti

Undan tashqari, turnirning barcha yo’nalishlarida to’rtinchi, beshinchi va oltinchi o’rin egalariga HyperX brendi markali naushniklar sovg’a qilinadi. Yettinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi va o’ninchi o’rin egalariga Allbazar do’konidan 300000 so’mlik sovg’alar vaucherlari beriladi. Mukofotlar g’olib jamoa kapitani yoki jamoadagi o’yinchilardan birining debet kartasiga tushiriladi.

Talablar:

Turnir ishtirokchisi O’zbekiston fuqarosi bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Turnirda ishtirok etish uchun 2020-yil 19-iyulgacha ro’yxatdan o’tish mumkin.

CS:GO uchun ro’yxatdan o’tish

DOTA2 uchun ro’yxatdan o’tish

FIFA uchun ro’yxatdan o’tish

PUBG uchun ro’yxatdan o’tish

Batafsil ma’lumot uchun bu yerga bosing. Turnir haqida ko’p so’ralgan savollar va ularga berilgan javoblarni bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Mazkur tanlov uchun tuzilgan maxsus telegram kanal: https://t.me/itpark_cybersport

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!