×

Course Taking Sandwich Program: Yaponiyada bir yilgacha o’qish uchun oyiga 377 AQSh dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2363 marta

Yaponiyaning Shibaura Institute of Technology (SIT) universitetida bir semestr yoki bir yil o’qish uchun Course Taking Sandwich Program almashinuv dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur istalgan oliy ta’lim muassasasida o’qiyotgan talabalarga 3-kursning (4 yillik bakalavr kursi bo’lsa) bir yoki ikki semestrini yoki magistratura kursining 2- yoki 3-semestrini SIT universitetida o’qish imkoni beradi. O’qishni tamomlagan talabalarga o’zlari o’qigan kurslar uchun kredit yoziladi va talaba o’qiyotgan universitetga o’tkaziladi. Bunda talaba SIT dagi o’qishidan keyin o’z universitetida kamida yana 1 semestr yoki yil o’qishi kerak bo’ladi.

SIT universitetida 100 dan ortiq ingliz tilida o’qitiladigan kurslar hamda yapon tili kurslari mavjud. SIT Yaponiya bo’ylab 3 ta kampusga (bino; filial) ega. Ulardan ikkitasi Tokio shahrida, biri Saitama shahrida joylashgan. Talaba qaysi kampusda o’qishi u tanlagan kurslar qaysi kampusda o’qitilishiga bog’liq. Kampuslar joylashuvi va boshqa muhim ma’lumotlar grant nizomida ko’rsatilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kontrakt to’lovi har bir kredit uchun 15 000 yen (141 AQSh dollari). O’qish boshlanishidan oldin taxminan 70 000 yen (660 AQSh dollari) to’lov qilinadi. Talaba turar joy va oziq ovqatlariga ham o’z hisobidan to’lov qiladi. Xarajatlar hisob-kitoblari grant nizomida ko’rsatilgan.

Talabalarga oyiga 40 000 yen (377 AQSh dollari) stipendiya ajratilgan. Stipendiya ariza topshirgan nomzodlar orasidan eng munosiblariga beriladi.

Talablar:

  • Nomzod universitet yoki institutda bakalavr yoki magistratura talabasi bo’lishi, bitiruvchi kurs bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod jismonan va ruhan sog’lom holatda bo’lishi kerak.
  • Ingliz tilini kamida B2 darajada bilish kerak (IELTS 5.5-6.5).

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalaryilda 2 marta qabul qilinadi: birinchisi –  1-apreldan 30-aprelgacha; ikkinchisi – 1-oktabrdan 31-oktabrgacha. 30-aprelgacha ariza topshirganlar sentabr oyi oxiridan, 31-oktabrgacha ariza topshirganlar keyingi yil aprel oyi boshlaridan oʻqishni boshlaydi.

Ariza topshirish tartibini diqqat bilan o’qing:

Bu dasturga nomzodlar faqat talaba o’qiydigan muassasadagi xalqaro bo’lim yoki chet el universitetlari bilan aloqalarga mas’ul shunday bo’limi tavsiyasi asosida qabul qilinadi. Dastur uchun nomzodi ko’rsatilishini xohlagan nomzod SIT veb-saytida u o’qiydigan muassasa xalqaro bo’limi kordinatori nomiga ariza yozishi kerak. Buning uchun bu yerga kirib, barcha talablarni oʻqib chiqish va “Start applying” tugmasini bosib, arizaning kerakli qismlarni to’ldirish hamda so’rov yuborish tugmasini (“send request”) bosish kerak.

Talabaning SIT veb sayti orqali to’ldirgan arizasi talaba o’qiydigan universitet yoki institut xalqaro bo’limi kordinatoriga elektron pochta orqali jo’natiladi. Kordinator esa emailda ko’rsatilgan havola (URL manzili) orqali nomzodni tasdiqlash sahifasiga kirib, arizaning o’ziga tegishli qismini to’ldiradi.

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar bilan tanishib chiqing:

  1. Grant nizomi.
  2. Kordinator uchun talaba nomzodini tasdiqlash yo’riqnomasi (e-mail kelgandan keyingi qadamlar)
  3. Talabaning arizasida imzolab, ilova qilinishi kerak hujjat (talabalik arizangizga qo’shib topshiring).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!