×

Cultural Diplomacy and Technology Forum: Kanadada 4 kunlik forum – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

20.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

3409 marta

2024-yil 20-23-avgust kunlari Kanadaning Toronto shahrida “Cultural Diplomacy and Technology Forum” forumi bo’lib o’tadi. Ushbu forum yosh mutaxassislar o‘rtasida fanlararo muloqot va hamkorlikni rivojlantirish uchun tashkil etilmoqda. Dasturda dunyo bo’ylab barcha madaniy diplomatiya hamda texnologiya sohasidagi olimlar, amaliyotchi va talabalar ishtirok etishi mumkin.

Forumning asosiy maqsadi texnologiya va madaniy diplomatiya bo’yicha o’zaro hamkorlikka kuchaytirishga yordam berishdan iborat. Ishtirokchilar turli ma’ruza va munozaralar, interaktiv seminar va taqdimotlar orqali xalqaro munosabatlar, madaniy almashinuv va global hamkorlik bo’yicha o’z bilim va ko’nikmalarini rivojlantiradilar. Dastur to’liq ingliz tilida olib boriladi.

Dastur doirasida jami 200 nafar ishtirokchi qabul qilinadi (100 nafar kanadalik, 100 nafar boshqa davlatlardan).

Dastur doirasida 20 nafar munosib nomzodga (barchaga emas, tashkilotchilar tomonidan munosib deb topilganlarga) toʻliq grant ajratiladi.

Forum davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

  • Cultural Diplomacy and Cybersecurity: Exploring Ethical Challenges Raised by Technology and Solutions
  • Cultural Exchange in the Digital Age: The role of digital platforms and social media in modern diplomatic efforts
  • Digital Divide: Addressing Inequities in Access to Technology

Grant kimlar uchun?

16-40 yoshdagi diplomatiya va texnologiya sohalarida ishlayotgan/o’qiyotgan mutaxassislar, talabalar va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Munosib nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

  • Ikki tomonlama aviachipta.
  • Bepul turar joy.
  • Bepul oziq-ovqat.
  • Shahar bo’ylab tur hamda Niagara sharsharasiga sayohat.

Ishtirokchilarga qatnashganligi haqida sertifikat beriladi, turli konsert va tadbirlarda bepul ishtirok etishadi.

Forumga qabul qilingan, lekin grantni qoʻlga kiritmagan ishtirokchilar xarajatlarni oʻz hisobidan toʻlagan holda borib qatnashishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda dunyo bo’ylab barcha 16-40 yoshdagi diplomatiya va texnologiya sohalarida ishlayotgan/o’qiyotgan mutaxassislar, talabalar va tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin.
  • Ingliz tilini “Intermediate” darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2024-yil 20-iyulga qadar BU YERDAN onlayn ro’yxatdan o’tishi va ariza topshirishi kerak. Ariza topshirish to’lovi mavjud bo’lib, qayta to’lab berilmaydi.

MUHIM: Dastur uchun 50 dollar registratsiya toʻlov mavjud va ariza natijasidan qatʼiy nazar bu toʻlov qaytarilmaydi. Agar qabul qilinishingizga ishonchingiz baland boʻlmasa, ariza topshirmaslik tavsiya etiladi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon va dastur qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan bu yerdagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!