×

CVCEPHOTO fotosuratlar tanlovi: tog’ mashg’ulotlari aks etgan surat uchun 1400 yevro!


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

912 marta

CVCEPHOTO fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovga tog’ sport mashg’ulotlari tushirilgan suratlar qabul qilinadi. Bunda yuqori sifatli, o’ziga xos, tabiat va insonning go’zalligini eng nozik usullar bilan ko’rsatib bera olgan, motorli vositalardan foydalanmagan holda tog’da shug’ullanish mumkin bo’lgan istalgan sport mashg’ulotining fotosuratlarini jo’natish zarur. Tanlovda professional va havaskor suratkashlar – barcha ishtirok etishi mumkin. Tanlovda avvalgi yillarda g’olib bo’lgan suratlar galereyasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Tanlov qoidalari, hujjat topshirish, mukofotlar va boshqalar haqida rasmiy ma’lumotlar tanlov nizomida batafsil berilgan.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin – 1400 yevro pul mukofoti va maxsus kubok
  • 2-o’rin – 700 yevro pul mukofoti
  • 3-o’rin – 300 yevro pul mukofoti
  • 17 nafar ishtirokchiga diplom beriladi.

Talablar:

  • Tanlovda istalgan yoshdagi havaskor va professional suratkashlar ishtirok etishi mumkin.
  • Voyaga yetmagan ishtirokchilar ota-ona yoki vasiy tomonidan berilgan rozilik xatini taqdim etishlari lozim.
  • Bitta ishtirokchi 3 tagacha surat topshirishi mumkin. Avvaliga suratlarning hajmi ixchamlangan nusxalari topshiriladi. Suratning kichraytirilmagan, yirik hajmdagi asl nusxasi keyinchalik jo’natiladi.
  • Shu tanlovga ilgari jo’natilgan suratlar qabul qilinmaydi.
  • Yuborilgan fotosurat muallif tomonidan raqamli kamerada tushirilgan bo’lishi kerak.
  • Muallif tanlovga yuborayotgan fotosuratda ko’rsatilgan shaxs va obyektlarni tanlovga yuborish va ommaga havola etish uchun rozilik olishi shart.
  • Yuboriladigan suratga faqat mayda tuzatishlar kiritish mumkin, asl nusxadagi tasvirni keskin o’zgartirish mumkin emas.
  • Topshirilgan suratlar JPEG formatida, eni gorizontal suratlarda kamida 1600 piksel, vertikal suratlarda 1200 piksel bo’lishi kerak. Hajmi 2MB dan oshmasligi, rangi sRGB profiliga o’girilgan va profil suratga ilova qilingan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga 1-yanvardan 31-martgacha onlayn ariza topshiriladi. Arizani 1-yanvardan keyin bu yerda topshirish mumkin. Hozir tanlovning rasmiy saytida ariza tugmachasi yo’q, lekin 1-yanvarda sahifada hujjat topshirish ma’lumotlari ko’rsatiladi.  Murojaat uchun: info@CVCEPHOTO.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!