×

Cyber Security Championship: Qirgʻizistonda kiberxavfsizlik boʻyicha 2 kunlik dastur; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

05.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

3552 marta

Cyber Security Championship – kiberxavfsizlik konsepsiyalari va kiberjinoyatlardan himoyalanishning innovatsion usularidan xabardorlikni oshirish boʻyicha mashgʻulotlardan iborat boʻlgan 2 kunlik dasturdir. Dasturda nazariy seminarlar, amaliy mashqlar va keys-chempionatan tashkil etiladi. Chempionatda ishtirokchilar jamoalarga boʻlingan holda qatnashadi. Barcha mashgʻulotlar ingliz tilida olb boriladi.

Ishtirokchilar kiberxavfsizlik muammolarini hal qilishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini taqdim etish va loyihalarini oʻz jamiyatlarida amalga tatbiq etish uchun mikro-grantlar yutib olish imkoniga ega boʻladi.

Dastur mashgʻulotlari 2021-yil 11-12-dekabr kunlari Qirgʻizistonning Osh shahrida boʻlib oʻtadi. Dasturga kiberxavfsizlikka qiziquvchi maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej, litsey oʻquvchilari va universitet talabalari ariza berishi mumkin.

Dasturga jami boʻlib 36 nafar ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Kiberxavfsizlikka qiziquvchi maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej, litsey oʻquvchilari va universitet talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga ariza bera olish uchun nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Maktabning 10, 11 yoki 12-sinfi oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari va universitet talabalari dasturga ariza berishi mumkin.
  • Nomzodlar kiberxavfsizlik sohasiga qiziqishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.
  • Nomzod Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Tukrmaniston fuqarosi yoki hozirda Qirgʻizistonda yashayotgan Afgʻoniston fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Nomzod 11-12-dekabr kunlari Osh shahrida boʻlib oʻtadigan dastur mashgʻulotlarida ishtirok eta olishi kerak. Oʻzbekistonlik nomzodlar Qirgʻizistonga borish uchun xorijga chiqish pasportiga (qizil pasport) ega boʻlishi kerak. Hozir qizil pasportingiz yoʻq boʻlib, 8-9-dekabrgacha olishga ulgursangiz ham ariza topshirsangiz boʻladi.

Talablar:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
  • Oʻzbekistonlik ishtirokchilar uchun Namangan yoki Toshkent shahridan Osh shahriga borish uchun transport xarajatlari qoplanadi (borish va qaytish uchun). Oʻzbekistonning boshqa hududlaridan boʻlgan ishtirokchilar uchun ham faqat Namangan yoki Toshkent shahridan Osh shahriga yetib olish xarajatlari qoplanadi, Namangan yoki Toshkentgacha boʻlgan masofani bosib oʻtish xarajatlari qoplanmaydi.
  • Hozirda Qirgʻizistonda yashayotgan va yuqorida tilga olingan davlatlardan birining fuqarosi boʻlgan ishtirokchilarning Bishkekdan Osh shahriga borishi va qaytishi uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Ishtirokchilar kiberxavfsizlik muammolarini hal qilishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini taqdim etish va loyihalarini oʻz jamiyatlarida amalga tatbiq etish uchun mikro-grantlar yutib olish imkoniga ega boʻladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn shaklda, Oʻzbekiston vaqti bilan 2021-yil 4-dekabr, soat 22:59 ga qadar BU YERDA qabul qilinadi. Ariza ingliz tilida toʻldirilishi lozim.

Savollaringiz boʻlsa, ushbu dastur yuzasidan tuzilgan maxsus telegram guruhda ingliz tilida soʻrab olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!