×

Chexiya: til kurslari uchun 3000 yevrogacha grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Chexiya Respublikasi

O'QILGAN

2943 marta

Chexiyaning Praga shahrida joylashgan Prague Language Institute – nufuzli til kurslaridan biri bo’lib, bu muassasada Chexiya oliygohlariga o’qishga kirish niyatidagi abituriyentlarga chex tili o’rgatiladi. Bu yerda tilni a’lo darajada o’rganib, imtihonlardan muvaffaqqiyatli o’tgan abituriyentlar Chexiyaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish imkoniyatini ham oshirib olishadi. Ushbu til o’rgatish markazi abituriyentlarga moddiy yengillik yaratish maqsadida til kurslari uchun grant dasturi tashkil etgan. Bu grantlar har yili uchtadan eng umidli va moddiy ta’minotga muhtoj abituriyentlarga grantlar ajratib keladi. Pragua Language Institute’ning grant dasturiga hozir arizalar qabul qilinmoqda. Grant tanlov asosida beriladi. Tanlovda barcha abituriyentlar hayotda erishgan akademik, ijtimoiy yoki sportga aloqador yutuqlari orqali ishtirok etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Chex tili kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g’olib chiqqan qatnashchilar grant dasturi doirasida quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. Birinchi o’rin uchun3000 yevro 1 yillik til kurslari to’lovidan chegirma qilinadi.
  2. Ikkinchi o’rin uchun2000 yevro 1 yillik til kurslaridan chegirma qilinadi.
  3. Uchunchi o’rin uchun1000 yevro 1 yillik til kurslari uchun chegirma.

Talablar:

Grant uchun tanlovda quyidagi talablarga eng mos nomzodlar ishtirok etishlari mumkin:

  1. Nomzod yuqori maktab, litsey yoki kollejni tamomlagan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod a’lochi va liderlik salohiyatga ega shaxs bo’lishi kerak.
  3. Nomzod 23 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  4. Nomzod Chexiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  5. Nomzod ilgari sudlanmagan bo’lishi va chet elga chiqishi uchun qonuniy to’siqlar bo’lmasligi kerak.
  6. Nomzod elektron pochta, Skype akkaunt va yuqori tezlikdagi internetga ega bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashchi o’z hayotida erishgan yutuqlarini ko’rsatib berishi kerak. Tanlov bir necha bosqichda bo’ladi.

  1. Birinchi bosqichda nomzod o’z yutuqlarini ko’rsatuvchi shaxsiy video va “How can studying abroad shape you as a personality?” mavzusida inshoni grant@prag-inst.com elektron manziliga jo’natish kerak. Videoning davomiyligi 3 daqiqadan oshmasligi, formati .MP4, .MPG, .MOV, .WMV bo’lishi mumkin. Bunda nomzod o’zi erishgan yutuqlari haqida biror rolik yoki qiziqarli video tayyorlashi kerak. Inshoning hajmi 1800-3000 belgidan (bo’sh joylarni qo’shib hisoblaganda) oshmasligi, shrifti Times New Roman 12 va qatorlar orasi 1.5 bo’lishi kerak. Video va insho ingliz tilida bo’lishi zarur. Bunda nomzodlar kreativlik va yondashuv hamda yutuqlariga asosan saralanadilar. Birinchi bosqich materiallarini 2018-yil 1-dekabrdan 2019-yil 1-fevralga qadar jo’natish kerak.
  2. Ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar fevral oyida e’lon qilinadi. Ikkinchi bosqichda qatnashchilar Skype orqali suhbatdan o’tishadi.

Natijalar esa fevral oyi oxirlariga kelib e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun study@prag-inst.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!