D-Prize dunyoning turli mamlakatlaridagi tadbirkorlarning qashshoqlikka kurashishga qaratilgan harakatlarini iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlovchi dastur hisoblanadi. Hozirda ushbu dasturga arizalar qabul qilinmoqda.
Hozirgacha qashshoqlikka kurashishning bir qancha usullari va yo’llari o’ylab topilgan, lekin dunyo hamjamiyati qashshoqlikni bartaraf qilish harakatiga ushbu yo’l va usullarni ommaviy ravishda tatbiq qila olmayapti. Agar nodavlat tashkilot yoki tadbirkorlik tashkiloti tuzib, qashshoqlikka qarshi kurashda quyidagi sohalar yuzasidan faoliyat yuritib hissa qo’sha olsangiz, bu dastur siz uchun:
- Suv, sanitariya va gigiyena (Water, Sanitation, and Hygiene)
- Qizlar ta’limi (Girls’ Education)
- Qishloq xo’jaligi (Agriculture)
- Energy (Energiya)
- Sog’liqni saqlash (Global Health)
- Ta’lim (Educaton)
- Boshqaruv va infrastruktura (Governance and Infrastructure)
- Ishlab chiqarish (Custom).
Grant kimlar uchun?
Qashshoqlikka qarshi kurashish uchun nohukumat tashkilot yoki boshqa shakldagi tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ya oluvchi barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Agar nomzodlar tomonidan taqdim qilingan proyektlar tanlansa, nomzodlar qashshoqlik mavjud bo’lgan istalgan hududda ushbu proyektni rivojlantirish uchun 20 ming AQSh dollarigacha bo’lgan mablag’ bilan ta’minlanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi shartlarga mos bo’lishi kerak:
- Dunyoning istalgan burchagidagi tadbirkorlar qatnashishi mumkin. Yosh, jins, ta’lim ahamiyatga ega emas.
- Tadbirkorlikning har qanday shakli qabul qilinadi (nodavlat tashkilotlar, tijorat yoki notijorat tashkilotlar).
- Yangi proyektlar qo’llab-quvvatlanadi. Avvaldan mavjud tashkilot/tadbirkorlar ham hujjat topshirishi mumkin, lekin ular mavjud proyektlar yuzasidan emas, yangi proyekt/tashabbusni taqdim qilishi kerak bo’ladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjat topshirish uchun, dastlab, D-Prize saytiga kirib, kerak soha materiallari bilan tanishib chiqilishi kerak. Shuningdek, nomzod rezyume va o’z loyihasining dasturini pdf shaklida topshirishi kerak. Dastur loyihasi ingliz tilida yozilgan va har bitta fayl 4MB dan oshmagan bo’lishi kerak. Onlayn tarzda ariza hujjatlarni topshirish uchun shu yerga tashrif buyuring. Dedlayn: erta hujjat topshirish muhlati: 2020-yil 18-oktabr, odatiy hujjat topshirish – 2020-yil 9-noyabr, kech hujjat topshirish: 2020-yil 29-noyabr. Hujjat qabul qilish ishtirokchilar soni 200ga yetganda to’xtatiladi.
Batafsil ma’lumotni shu yerdan olishingiz mumkin.
Qiziqtirgan savollar yuzasidan help@d-prize.org elektorn manziliga murojaat qilishingiz mumkin.