×

DAAD Helmut-Schmidt-Programme: Germaniyada magistraturani oʻqish uchun barcha xarajatlari qoplanuvchi grant!


Grant

MUHLAT

31.07.2024

QOLGAN VAQT

91 kun

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

5013 marta

DAAD tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Helmut-Schmidt dasturi  rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqaruv va fuqarolik jamiyati tuzilmalarini yaxshilashga hissa qoʻshishni maqsad qilgan.

Dasturning bu mavsum ishtirokchilari 2025-yil sentyabr/oktyabr oylaridan Germaniyaning tegishli universitetlarida oʻqishni boshlashadi. Oʻqish deyarli barcha kurslar uchun ingliz tilida olib boriladi. Dastur orqali ishtirokchilar ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishga aloqador fanlar boʻyicha quyidagi 7 xil magistratura kursida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi:

  1. Social Protection — University of Applied Science
  2. Development and Governance — University of Duisburg-Essen
  3. Public Policy — Willy Brandt School of Public Policy at the University of Erfurt
  4. Peace and Conflict Studies — University of Magdeburg
  5. Management in Nonprofit-Organisations — Hochschule Osnabrück 
  6. Development Studies — University of Passau
  7. Governance and Public Policy — University of Passau 

Ushbu magistrlik dasturlarining aksariyati ingliz tilida, ayrimlari ham ingliz, ham nemis tilida oʻqitiladi. Qaysi dastur qanday tilda oʻqitilishi bilan BU YERDA batafsil tanishing (hujjatning oxirgi sahifasi).

Dastur davomida ishtirokchilar tegishli universitetda maxsus tayinlangan koordinatorlar xizmatlaridan foydalanish, shu bilan birga, turli tadbir va seminarlarda ishtirok etish, boshqa grant gʻoliblari bilan uchrashish hamda oʻzaro aloqalarni (networking) rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Davlat siyosati va boshqaruvga aloqador magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • 934 yevro miqdorida oylik stipendiya beriladi.
  • Germaniyaga borish-kelish va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy subsidiyasi va oila aʼzolari (agar mavjud boʻlsa) uchun qoʻshimcha mablagʻ beriladi.
  • Oʻqish va tadqiqot ishlari uchun qoʻshimcha grant ajratiladi.
  • 4 oygacha bepul nemis tilini oʻrganish kursida ishtirok etadi.
  • Tegishli hollarda ijara uchun yordam puli va oila aʼzolar uchun yordam puli ajratiladi.
  • “Social Protection” magistrlik kursida oʻqiydiganlar uchun oxirgi semestr onlayn tashkil etiladi.Bunda ishtirokchi oʻzining vatanida yoki boshqa davlatda turib oʻqishni yakunlashi mumkin. Shu boisdan 4-semestr uchun €500 stipendiya toʻlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda bu roʻyxatda berilgan rivojlanayotgan mamlakat fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Roʻyxatda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Tojikiston kabi davlatlar ham mavjud.
  • Nomzod ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, iqtisod, davlat siyosati va boshqaruvi kabi sohalarda bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak. Bakalavr darajasini olganiga 6 yildan oshmagan boʻlishi darkor.
  • Akademik yuqori koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  • Tanlagan magistrlik kursiga talabiga koʻra, ingliz va/yoki nemis tilini yetarli darajada bilishi shart.
  • Oʻz mamlakatining ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga faol hissa qoʻshishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Dastur uchun tegishli amaliy tajribaga (kasbiy tajriba, stajirovka, siyosiy/ijtimoiy majburiyat, volontyorlik) ega boʻlishi lozim.
  • Magistr darajasiga allaqachon ega boʻlgan nomzodlar nima uchun yana bu kursda qayta oʻqimoqchiligini isbotlab bera olishi kerak.
  • Barcha magistratura kurslarining oʻz talab mezonlariga (daraja, baholar, til koʻnikmalari, amaliy tajriba va boshqalar) mavjud boʻlib, nomzod ushbu talablarga javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar 2024-yil 31-iyulga qadar qabul qilinadi. Barcha arizalar ingliz yoki nemis tilida topshirilishi kerak. Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash va tegishli universitetning magistrlik kursi uchun yuborish lozim. Nomzodlar yuqorida berilgan 7 xil magistrlik kurslaridan 2 tasiga ariza topshirish imkoniyati mavjud.

Kerakli hujjatlar:

  • Hujjatlar topshirilganligini tasdiqlovchi hisobotning toʻldirilgan shakli. Hujjat soʻnggiga qoʻlda imzo qoʻyishingiz kerak, elektron imzo kiritmang. Ushbu shaklni BU YERDAN yuklab oling.
  • DAAD arizasining toʻldirilgan shakli. Ariza shaklini BU YERDAN (PDF) yuklashingiz mumkin.
  • Motivatsion xat. Garchi 2 xil magistrlik kursiga ariza topshirayotgan boʻlsangiz ham, sizdan bir dona motivatsion xat talab etiladi.
  • CV. Europass formatdagi CV tavsiya etiladi.
  • Bakalavr diplomi va baholar. Agar boʻlsa, magistratura diplomi va baholari ham.
  • Ish yoki amaliyot tajribasini tasdiqlovchi hujjat.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishini tasdiqlovchi serfitikat.
  • Oʻqituvchi yoki ish rahbaridan bitta tavsiyanoma.

MUHIM: Yuqoridagi hujjatlar va ularning tavsifi umumiy tarzda keltirilgan. Ular BU YERDA batafsil tanishib chiqing (ʻApplication Documents” boʻlimi).

Barcha hujjatlar tayyorlangandan soʻng tegishli universitetga (tanlangan magistrlik dasturi oʻqitiladigan universitet) yuborilishi kerak. Universitet bilan bogʻlanish uchun kontaktlar:

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon yaxshilab tanishing. 

Tegishli magistrlik kurslari haqida batafsil BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin.

Dastur bilan bogʻliq koʻp berilgan savollar va ularning javobi bilan batafsil BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!