×

DAAD ning Uchinchi davlatlar uchun granti


Grant

MUHLAT

19.06.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

2293 marta

Nemis tilidagi Budapesht Andrassiy Universitetiga 2001-yilda Budapeshtda Vengriya, Avstriya, Shvetsariya va Germaniya Federativ Respublikasi tomonidan asos solingan. Budapesht Andrassiy Universiteti Xalqaro munosabatlar, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, siyosat va huquqshunoslik, Markaziy Yevropa o’qishi bo’yicha magistraturaga, shuningdek, mos ravishda Promotion dasturlariga ham o’qishga taklif etadi. Bakalavriat bosqichiga esa hech qanday taklif berilmagan.

O’qiydiganlarning taxminan 1/3 qismini Germaniya, Vengriyaliklar, qolganini dunyoning boshqa qismlaridan kelgan talabalar tashkil qiladi. Budapesht Andrassiy Universitetida dars tili nemis tili, mos ravishda qiziquvchilar/o’qiydigan talabalarga nemis tilini bilish qat’iy talab qilinadi.

Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD) 2017-2018 – o’quv yili uchun yangi stipendiya dasturlarini e’lon qiladi. Stipendiyalar Yevropa Ittifoqi davlatlaridan bo’lmagan bitiruvchilarga nemis tilidagi Budapesht Andrassiy Universitetida magistratura bosqichini o’qish va tugatish imkoniyatini taqdim etadi.

O’qish yo’nalishlari: Xalqaro munosabatlar, xalqaro iqtisod va beznis, xalqaro huquq, Yevropa va xalqaro boshqaruv, Markaziy Yevropa (davlatlari) tarixi, Markaziy Yevropa (davlatlari) o’qishi – diplomatiya, Dunay bo’yi davlatlari o’qishi, menejment hamda boshqaruv.

Grant kimlar uchun?

Bakalavrlik diplomiga ega bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

DAAD har oy 400 Yevro miqdoridagi stipendiya ajratadi. Bundan tashqari ushbu stipendiya dasturi 400 Yevrogacha bo’lgan yo’l harajatlariga ham pul ajratadi. Shuningdek, bir semestr uchun 322 Yevrogacha o’qish uchun to’lov pulini ham to’lab beradi.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarussiya, Bosniya va Gerzogovina, Gruziya, Kosovo, Makedoniya, Moldaviya, Montenegro, Serbiya, Ukraina, Turkiya, Rossiya, O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston.

Dasturga qabul jarayoni:

Maqsadli guruh: Dasturga Budapesht Andrassiy Universitetidagi (Yevropa Ittifoqidan bo’lmagan) kelgusida (o’qimoqchi) va hozirgi o’qiyotgan talabalar magistraturaga topshirishlari mumkin. Shuningdek, arizachi stipendiyaga ariza topshirishdan tashqari, universitetga ham o’qish uchun xujjatlarni topshirishlari kerak.

Stipendiyaning davomiyligi: Stipendiya tanlangan yo’nalishning davomiyligi va/yoki istakka qarab 12-24 oyni o’z ichiga qamrab oladi. Barcha stipendiyalar bir akademik yil uchun (ya’ni, 10 oy) beriladi va yaxshi erishilgan natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi.

Boshqa ma’lumotlar: Budapesht Andrassiy Universitetidagi maslahat markazi electron pochtasi: stipendien@andrassyuni.hu

Ariza topshirish bilan bog’liq masalalar bilan SHU YERDA manzili oraqli tanishishingiz mumkin.

Eshnazarov Jahongir tayyorladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!