×

Danforth Scholars Program: bakalavr kursini AQShda bepul o’qish va 2 500 dollar stipendiya olish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

02.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2747 marta

AQShda joylashgan Washington University in St. Louis universiteti tomonidan taqdim etiladigan Danforth Scholars Program grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi Vashington universiteti yetakchilari William H. va Elizabeth Gray Danforth nomiga tashkil etilgan. Washington universiteti rivojiga ulkan hissa qo’shgan bu ikki shaxs jamiyatdagi muammolarni yechish va ijobiy o’zgarishlar kiritish uchun izlangan va umrining oxiriga qadar olim va olima hamda yetuk shaxslar bo’lishgan. Danforth grantlari Washington universiteti bakalavr kurslariga qabul qilingan fidokor, kuchli potensial va yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega talabalarga ularni Uilyam va Elizabet Danforth kabi insonlardan o’rnak olishga chaqirish va ruhlantirish maqsadida beriladi.

Vashington universitetida mavjud kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Danforth Scholars Program granti tarkibida to’liq va qisman grantlar mavjud. To’liq grant yutib olgan talaba o’qish to’lovidan 4 yil davomida butunlay ozod etiladi va unga yiliga 2 500 AQSh dollari stipendiya beriladi. Qisman grant taqdim etilgan talabaning o’qish to’loviga chegirma qilinadi. Kontrakt to’lovi va boshqa xarajatlar haqida

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod Vashington universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil
  • Nomzod SAT yoki ACT kabi standartlashtirilgan testlardan birini topshirishi kerak. Batafsil
  • Nomzod ijtimoiy jihatdan faol, darsdan tashqari mashg’ulotlarda faol qatnashadigan, turli akademik va darsdan tashqari yutuqlarga erishgan, Vashington universitetida munosib talaba bo’lish uchun barcha sifatlarga ega shaxs bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

1-qadam. Vashington universiteti bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshiring. Arizalarni 2020-yil dekabr oyi oxiriga qadar bu yerda topshirish zarur. Hujjat topshirishga oid muhim sanalar bu yerda batafsil ko’rsatilgan.

2-qadam. Bu yerda Danforth Scholars Program grant dasturiga alohida ariza bering. Arizalar 2021-yil 2-yanvargacha topshirilishi shart.

Grantga ariza topshirishda quyidagi mavzularga insho yozish kerak bo’ladi:

  1. The Danforth Scholars program is looking for students with a strong commitment to community, and demonstrated initiative in leadership and service. Please share an example of your personal experience as a leader that would clarify why you would be a good fit for this community of scholars (250 so’z).
  2. What matters to you? (250-500 so’z)

Hujjatlar qabul qilingach, o’qishga qabul qilingan va grant talablariga mos bo’lgan talabalar AQShga, Washington universitetiga suhbatga taklif etiladi. Suhbatga borish uchun aviachipta xarajatlarini Washington universiteti qoplab beradi.

Ma’lumot uchun jmatthew@wustl.edu elektron manzili orqali Jeffrey Matthews bilan bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!