×

Daniya: 10 oylik volontyorlik dasturi; bepul turar joy; tibbiy sugʻurta, oziq-ovqat va transport; oylik 220 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

28.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

3495 marta

 AFS tashkiloti va Daniyaning Langeland shahrida joylashgan Kassebølle Friskole maktabi 18 yoshdan kattalarni AFS Interkultur Kassebølle Friskole volontyorlik dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur taxminan 10 oy davomida Daniyaning Kassebølle Friskole maktabida volontyorlik faoliyatini olib borish imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchi nomzod haftada 6 kun, 30-38 soat ishlaydi. Dam olish kunlarida esa, madaniy tadbirlar, koʻngilochar dasturlarda qatnashadilar. Dastur doirasida boshqa davlatlarga sayohat, til oʻrganish kurslarida ishtirok etish imkoni bor. Dastur 2020-yil 14-fevraldan 2021-yil 15-fevralgagacha oraliqda boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

18 yoshdan kattalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga taxminan 10 oy davomida:

  1. Bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  2. Oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  3. Borish-kelish aviachiptasining 90% i qoplanadi.
  4. Tibbiy sugʻurta olib beriladi.
  5. Oylik 220 yevro stipendiya  beriladi.
  6. Til kurslarida ishtirok etish (dat tili) imkoni beriladi.
  7. Boshqa davlatlarga sayohat qilish imkoniyati mavjud.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  • Pedagogik ma’lumotga va qobiliyatga ega nomzodlarga koʻproq imkon berilishi mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 – C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod moslashuvchan, ochiq fikrli, guruhda ishlay oladigan, kirishimli, samimiy, lider, sportga qiziquvchi va koʻplab hobbilarga ega boʻlishi hamda kompyuterda ishlay olishi shart.
  • Nomzod yosh bolalar bilan ishlay olishi kerak boʻladi.
  • Nomzod Daniya maktablarida volontyorlik qilishga tayyor boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 28-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun ariza shaklini yuklab olib, toʻldiring.
  3. Dedlayngacha toʻldirilgan arizani CV/resume bilan birga evs-denmark@afs.org elektron manziliga joʻnating.
  4. Nomzodlar 1-sentabrgacha Skype orqali suhbatdan oʻtishlari mumkin.
  5. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  6. Agar jarayonda savol tugʻilsa, evs-denmark@afs.org elektron manzilidan aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, moslashuvchanligi, ochiq fikrliligi, guruhda ishlay olishi, kirishimliligi, samimiyligi, liderligi, sportga qiziqishi, xobbilari va suhbat natijasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: evs-denmark@afs.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!