×

Daniya: magistraturada bepul o’qish va 453 AQSh dollari oylik stipendiya olish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

4399 marta

Daniyada joylashgan University of Southern Denmark oliygohi Danish Government Scholarship grant dasturi orqali magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of Southern Denmark oliygohida o’qitiladigan MSc in Engineering – Mechatronics hamda MSc in Engineering – Electronics magistratura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grantning manfaatli jihatlari

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar to’lov kontraktidan ozod etiladilar hamda yashash xarajatlarini qo’llab quvvatlash maqsadida oyiga 3000 DKK (taxminan 453 AQSh dollari) miqdorida moliyaviy ko’mak taqdim etiladi.

University of Southern Denmark oliygohi magistratura bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod University of Southern Denmark oliygohining MSc in Engineering – Electronics yoki MSc in Engineering – Mechatronics magistrlik kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 88 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

University of Southern Denmark oliygohi grant dasturini qo’lga kiritish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma- ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:

1-bosqich: University of Southern Denmark oliygohi qabul talablariga (MSc in Engineering – Electronics, MSc in Engineering – Mechatronics) mos ekanligini tekshiring.

2-bosqich: Kerakli hujjatlarni jamlang:

  • Akademik rezyume (CV);
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati;
  • Taqdirlangan sertifikatlar;
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim);
  • Pasport nusxasi;
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

3-bosqich: Onlayn ro’yxatdan o’tish. Yuqorida koʻrsatilgan magistrlik kurslaridan biriga onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtib, hujjat topshirish kerak. Grant uchun alohida hujjat topshirilmaydi. Koʻrsatilgan magistrlik kurslariga qabul qilinganlarning barchasi avtomatik tarzda mazkur grantga nomzod sifatida koʻrib chiqiladi. Magistratura kurslariga hujjatlar 2021-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi.

Ko’p so’raladigan savollar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun sdu@sdu.dk  elektron manziliga yoki +4565501000 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!