×

Daniya: Oʻrta asrlar shaharchasida 1 yillik volontyorlik dasturi; bepul turar joy; tibbiy sugʻurta, oziq-ovqat, transport va oylik 220 yevro stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

28.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

2467 marta

Daniyaning AFS tashkiloti va  Magleby Fri- og Efterskole markazi 18 yoshdan kattalarni  Øhavets Smakke- og Naturcenter/Magleby Fri- og Efterskole PIC volontyorlik dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur taxminan bir yil davomida Daniyaning Strino shaharchasida South Fyn Archipelago (Janubiy Fyun Arxipelagi) tarixi haqida tashkil etilgan koʻrgazmada volontyorlik faoliyatini olib borish, kemalarni sozlash, qishloq xoʻjaligi va chorvadorlik ishlarida qatnashish imkonini beradi. Shuningdek, volontyorlar kichik orolchalarga qoramol va qoʻylarni yetkazib berish ishlarida ham yordam beradilar. Dasturda qatnashuvchi nomzod haftada 6 kun, 30-38 soat ishlaydi. Dam olish kunlarida esa, madaniy tadbirlar, koʻngilochar dasturlar, baydarkada eshkak eshish kabilarda qatnashadilar. Dastur doirasida boshqa davlatlarga sayohat, til oʻrganish kurslarida ishtirok etish imkoni bor. Dastur 2020-yil 1-fevraldan 2021-yil 31-yanvargacha oraliqda boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

18 yoshdan kattalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga taxminan bir yil davomida:

  1. Bepul turar joy beriladi.
  2. Oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  3. Borish-kelish aviachiptasining 90% i qoplanadi.
  4. Tibbiy sugʻurta olib beriladi.
  5. Oylik 220 yevro stipendiya beriladi.
  6. Boshqa orollarga sayohat qilish va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati mavjud.
  7. Til kurslarida ishtirok etish (dat tili) imkoni beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 – C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod moslashuvchan, ochiq fikrli, guruhda ishlay oladigan, kirishimli, samimiy, lider, sportga qiziquvchi va koʻplab hobbilarga ega boʻlishi hamda kompyuterda ishlay olishi shart.
  • Nomzod sivilizatsiyadan uzoqda yashashga koʻnika olishi kerak.
  • Nomzod yerlik aholi bilan ishlay olishi kerak boʻladi.
  • Nomzod qishloq xoʻjaligi va chorvachilik ishlarida qatnashishga tayyor boʻlishi lozim.
  • Nomzod Daniya qishloqlarida volontyorlik qilishga tayyor boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 28-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun ariza shaklini yuklab olib, toʻldiring.
  3. Dedlayngacha toʻldirilgan arizani CV/resume bilan birga evs-denmark@afs.org elektron manziliga joʻnating.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Nomzodlar 1-oktabrgacha Skype orqali suhbatdan oʻtishlari mumkin.
  6. Agar jarayonda savol tugʻilsa, evs-denmark@afs.org elektron manzilidan aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, moslashuvchanligi, ochiq fikrliligi, guruhda ishlay olishi, kirishimliligi, samimiyligi, liderligi, xobbilari va suhbat natijasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: evs-denmark@afs.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!