×

Daniya: PhD bosqichida tadqiqot olib borish va amliyot o’tash uchun yillik 43 ming yevro!


Grant

MUHLAT

01.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

2719 marta

Daniyada joylashgan Kopengagen Universiteti (University of Copenhagen)ning ilmiy fanlar (science) fakultetida PhD lavozimlari uchun maosh to’lanadigan stajirovka dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur bo’yicha 28 nafar xalqaro talabalarni Kopengagen universitetiga o’qish davomida ishlash va tadqiqot qilish uchun tadqiqotchi hodim qilib olish rejalashtirilgan. Dasturdan maqsad umidli PhD talabalariga karyera boshlashlariga ko’maklashish. Dasturda qatnashayotgan talaba 36 oylik dastur davomida quyidagilar bilan shug’ullanishi kerak bo’ladi:

  1. PhD kurslarida o’qish.
  2. Tadqiqoti ustida ishlash.
  3. Ilmiy maqolalar va ilmiy ishini yozish.
  4. Dars berish va loyihasini boshqalarga tanishtirish.
  5. Zarur vaqtida chet davlatlardan biridagi tadqiqot muassasasida ish olib borish.
  6. O’zi o’qiyotgan fakultetda ishlash.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga 43094 yevro miqdorida yillik maosh belgilanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod oxirgi uch yil ichida Daniyada 12 oydan ko’p vaqt yashamagan bo’lishi kerak (o’qish va ish kabi faoliyatlarni olib borganlik ma’nosida).
  2. 2018-yil 1-oktabr hisobi bo’yicha nomzodning professional karyerasi boshlanganiga 4 yildan oshmagan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod hali PhD darajasini olmagan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod hujjat topshirayotganda qaysi yo’nalish bo’yicha doktorantura kursiga hujjat topshirayotgan bo’lsa, shu yo’nalishda Master of Science (MSc) magistrlik diplomiga ega bo’lishi zarur.
  5. Agar nomzodning magistrlik diplomi bo’lmasa-yu magistraturani o’qigan nomzodlar bilan teng tajribaga ega bo’lsa, ya’ni u kamida 4 yillik bakalavr kursini tamomlagan, turli alohida kurslarga qatnashgan, ish tajribasga ega va tadqiqot va nashrlar yuritgan bo’lsa, uning arizasi ham ko’rib chiqiladi.
  6. Grant berilishi uchun nomzod Kopengagen universitetining science fakultetidagi biror 3 yillik PhD kursiga o’qishga kirgan bo’lishi zarur.
  7. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza berishda quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

  1. Motivatsion xat yoki biriktirilgan xat (cover letter).
  2. Loyiha to’g’risidagi ma’lumot.
  3. Nashrlar ro’yxati kiritilgan CV.
  4. “Declaration of Mobility”
  5. Nomzodning ilmiy darajalarini ko’rsatuvchi hujjatlar. Diplomlar ingliz tilida bo’lmasa, ingliz tiliga rasmiy tarjimasi ilova qilinishi kerak.
  6. Ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvhci test natijalari.
  7. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalardan biri nomzodning ilmiy rahbaridan (agar bor bo’lsa), ikkinchisi u bilan yaqindan faoliyat yuritgan olimdan olinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Nomzodning talablarga mos ekanini tekshiruvchi birinchi saralash 2-15-oktabr kunlari bo’ladi. Bu saralashdan o’tolmaganlarga shu bosqichdayoq xabar beriladi.
  2. Ikkinchi saralash 15-31-oktabrda bo’ladi va bunda arizalar ko’rib chiqilib, onlayn suhbatlar bo’ladi. Bu bosqichda saralashdan o’tolmagan nomzodlarga alohida xabar berilmaydi.
  3. Uchinchi saralashda 1-21- noyabrda bo’ladi va unda xalqaro suhbatlar bo’lib o’tadi.
  4. Qabul komissiyasi finalistlarni ko’rib chiqa boshlagach, qo’yilgan ballar hisoboti 22-28-noyabrda nomzodlarga e’lon qilinib, fikr bildirish uchun 5 kun muhlat beriladi. 29-noyabr-9-dekabrda eng so’nggi saralash bo’ladi.
  5. 10-17-dekabr kunlari barcha natijalar e’lon qilinadi.
  6. 2019-yil 1-yanvardan esa dastur qatnashchisi talaba va hodim sifatida faoliyatini Kopengagen Universitetida boshlaydi.

Ma’lumot uchun talent@science.ku.dk (maxsus savollar uchun) va https://www.science.ku.dk/phd. (umumiy savollar uchun) elektron manzillariga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlarni ko’rib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!