18-Xalqaro Korrupsiyaga Qarshi Kurash Konferensiyasi (International Anti-Corruption Conference (IACC)) butun jahonda korrupsiyani yo’qotish, adolat va shaffoflikni ta’minlash masalalarini ko’rib chiqish uchun har yili o’tkazib kelinadi. Shu konferensiya tavsilotlarini yoritish uchun tashkilotchilar tomonidan OAV vakillari, yani jurnalistlarni konferensiyaga taklif qilish va ularga qiyinchiliksiz ishlashlari uchun barcha qulayliklarni yaratib berish rejalashtirilgan. Bu yilgi konferensiya Daniyaning Kopengagen shahrida bo’ladi va unda ishtirok etib, tavsilotlarini omma bilan bo’lishish vazifasini o’z zimmasiga olishga tayyor jurnalistlar hozir dastur uchun ariza topshirishlari mumkin. Konferensiya 2018-yilning 20-25-oktabr kunlari bo’lib o’tadi.
Grant kimlar uchun?
Jurnalistlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Saralab olingan jurnalistlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Konferensiya va uning barcha (ko’ngilochar) mashg’ulotlari uchun chipta. Bular sirasiga musiqa va filmlar ham kiradi.
- 20-25-oktabr kunlari uchun 3 yulduzli mehmonxonada tekin yashash imkoniyati.
- Nomzodning vatanidan Kopengagenga borish va u yerdan yana qaytib kelish uchun aviachipta.
- Agar qatnashchi so’rasa, Daniyaga viza olish uchun ketgan xarajatlar ham qayta to’lab berilishi mumkin.
- Konferensiyani yoritishda qiynalmaslik uchun tajribali hamkor jurnalistlar va vakillar ko’magi.
Talablar:
Konferensiyani yoritib borish vazifasi uchun tanlab olingan jurnalistlar undagi barcha mashgulotlarda ishtirok etishlari va tavsilotlarni IACC blog, Facebook, Twitter va Vimeo kabi tarmoqlarda omma bilan bo’lishishlari zarur bo’ladi. Ularning ishlarida korrupsiyaga qarshilik, adolat va shaffoflikka da’vat ruhi bo’lishi kerak.
Nomzodlar esa quyidagi talablarga javob berishlari kerak bo’ladi:
- Nomzod ingliz tilini mukammal darajada bilishi kerak.
- Nomzod jurnalist sifatida ishlashi va ijtimoiy masalalarni yoritib borish bo’yicha kuchli tajribaga ega bo’lishi shart.
- Nomzod quyidagilardan birini a’lo darajada bajara olishi kerak:
- Broadcast Journalism (adabiyot jurnalistikasi)
- Digital/Print Journalism (Raqamli / matbuot jurnalistikasi)
- Photojournalism (Foto jurnalistika)
- Social Network (Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash)
- Video tahrir qilish
- Nomzod Transparency International va IACC konferensiyasiga qiziqish bildirishi va korrupsiyani yo’qotish, adolat va shaffoflikni qo’llab-quvvatlash ruhida bo’lishi zarur.
- Nomzodning yoshi 2018-yil oktabr oyi hisobida 35 dan kichik bo’lishi kerak.
- Nomzod ko’rsatilgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak. Ro’yxatda O’zbekiston ham bor.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish jarayoni onlayn tarzda bo’ladi va onlayn arizaga CV ham ilova qilinishi kerak bo’ladi. CV ga nomzodning shaxsi haqida ma’lumot berishi mumkin bo’lgan shaxslar (references) ham kiritilishi kerak.
Dastur haqida batafsil ma’lumot bu yerda.