Daniyadagi notijorat tashkilotlardan biri EFS hozirda bir nechta volontyorlik dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. 2019-2020-yilda bo’lib o’tadigan bu dasturlar 3 oydan 1 yilgacha davom etishi mumkin. Dastur davomida volontyorlar maktablar yoki mahalliy xonadonlarda yashaydilar. Turli lavozimlar uchun turli sharoitlar va talablar mavjud bo’lsa-da, umuman olganda bu tashkilotning barcha volontyorlik dasturlari uchun ingliz tilini yaxshi bilish juda muhim va nemis tilini ham bilish ustunlik olib kelishi mumkin.
Volontyorlik uchun ochiq yo’nalishlar:
- Brenderup Højskole – bu yo’nalishdagi volontyorning vazifalariga marosimlarni tashkil etishdan tortib meva yig’im-terimida ishtirok etishgacha mashg’ulotlar kiradi.
- Middelaldercentret – bu lavozimdagi volontyorlar qayti qurilish va tklashga oid turli tadbirlarda qatnashishlari kerak bo’ladi.
- Højskolen Snoghøj-bu volontyor tasvirlar, audio va videolar hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritishi kerak bo’ladi.
- Kassebølle Friskole – maktab ishlarida yordam berish vazifasini o’z ichiga oladi;
- University College Nordjylland – xalqaro bo’limda ishlash;
- NICOLAI – turli ijodiy sohalarda faoliyat yuritadi;
- Øhavets Smakke – bandargohda kemalarni ijaraga olish va qaytarish bilan shug’ullanish;
Bernards Hus – odamlarga turli yo’nalishlar berib yordamlashib turish.
Grant kimlar uchun?
Barcha ko’ngillilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Volontyorlik dasturlari davomida volontyorlar turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar.
Talablar:
Har bir lavozim uchun ishdan kelib chiqqan holda talablar qo’yilgan. Barcha lavozimlar uchun talablar bilan SHU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish uchun Ariza va CV’ingizni evs-denmark@afs.org elektron manziliga imkon qadar erta va 2018-yil 13-iyuldan kechiktirmasdan jo’nating. Ilk saralashdan o’tgan nomzodlar 2018-yil 1-sentabrga qadar e’lon qilinadi va ular bilan Skype orqali suhbat belgilanadi.
Ma’lumot uchun: evs-denmark@afs.org