×

Daniya: Xarajatlari qisman qoplanadigan volontyorlik dasturi


Grant

MUHLAT

13.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

3287 marta

Daniyadagi notijorat tashkilotlardan biri EFS hozirda bir nechta volontyorlik dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. 2019-2020-yilda bo’lib o’tadigan bu dasturlar 3 oydan 1 yilgacha davom etishi mumkin. Dastur davomida volontyorlar maktablar yoki mahalliy xonadonlarda yashaydilar. Turli lavozimlar uchun turli sharoitlar va talablar mavjud bo’lsa-da, umuman olganda bu tashkilotning barcha volontyorlik dasturlari uchun ingliz tilini yaxshi bilish juda muhim va nemis tilini ham bilish ustunlik olib kelishi mumkin.

Volontyorlik uchun ochiq yo’nalishlar:

  1. Brenderup Højskole – bu yo’nalishdagi volontyorning vazifalariga marosimlarni tashkil etishdan tortib meva yig’im-terimida ishtirok etishgacha mashg’ulotlar kiradi.
  2. Middelaldercentret – bu lavozimdagi volontyorlar qayti qurilish va tklashga oid turli tadbirlarda qatnashishlari kerak bo’ladi.
  3. Højskolen Snoghøj-bu volontyor tasvirlar, audio va videolar hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritishi kerak bo’ladi.
  4. Kassebølle Friskole – maktab ishlarida yordam berish vazifasini o’z ichiga oladi;
  5. University College Nordjylland – xalqaro bo’limda ishlash;
  6. NICOLAI – turli ijodiy sohalarda faoliyat yuritadi;
  7. Øhavets Smakke – bandargohda kemalarni ijaraga olish va qaytarish bilan shug’ullanish;

Bernards Hus – odamlarga turli yo’nalishlar berib yordamlashib turish.

Grant kimlar uchun?

Barcha ko’ngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Volontyorlik dasturlari davomida volontyorlar turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar.

Talablar:

Har bir lavozim uchun ishdan kelib chiqqan holda talablar qo’yilgan. Barcha lavozimlar uchun talablar bilan SHU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun Ariza va CV’ingizni evs-denmark@afs.org elektron manziliga imkon qadar erta va 2018-yil 13-iyuldan kechiktirmasdan jo’nating. Ilk saralashdan o’tgan nomzodlar 2018-yil 1-sentabrga qadar e’lon qilinadi va ular bilan Skype orqali suhbat belgilanadi.

Ma’lumot uchun: evs-denmark@afs.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!