×

Daniyada inson huquqlari bo’yicha doktorantura dasturi


Grant

MUHLAT

28.06.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

1648 marta

Kopengagen universiteti huquq fakulteti va Inson Huquqlari bo’yicha Daniya Instituti rivojlanayotgan davlatlar, ayniqsa institut bilan hamkor davlatlar va yoki Daniya Xalqaro taraqqiyot agentligining birlamchi davlatlaridagi inson huquqlari tizimi, xalqaro standartlar bilan davlatlardagi inson huquqlari mandati, uning roli va davlatning standartlarga nisbatan yondashuvini o’rganish uchun doktoranturaga nomzodlar izlamoqda.

Doktorantura dasturining maqsadi uchta bo’lib, nomzodlarni kelajakda inson huquqlari sohasida professorlik faoliyati hamda ilmiy izlanishlar olib borishga tayyorlash, yangi avlod yosh olimlarini yuqori sifatli ilmiy ishlar olib borishga o’rgatish va nomzodlarni tahliliy masalalarni hal qilishga qaratilgan mahoratlarini oshirishdan iborat.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURANI TAMOMLAGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilari Daniya qonunlariga asosan oylik maosh oladilar.

Talablar:

Kim uchun:

  • Huquq sohasida magistraturaga ega bo’lgan yoki ega bo’lish arafasida turgan;
  • Ilmiy izlanishga bo’lgan qiziqish va tajribaga ega bo’lgan (buni oldin yozilgan tezis va chop etilgan ilmiy ishlari bilan isbotlashi mumkin);
  • Ingliz tilini ravon biladigan (IELTS 6.5, TOEFL iBT 90, cBT 231) – magistratura darajasini Skandinaviya universitetlaridan birida olgan bo’lsa, ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijalari talab etilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza onlayn shaklda SHU YERDA to’ldiriladi. Unda quyidagilar so’raladi:

  • Ilmiy tadqiqot taklifi;
  • Rezyume;
  • Bakalavr va magistratura darajalari yoki diplomlarining tadiqlangan nusxasi;
  • Diplomga ilova qilingan baholar varaqasida baholar qanday shaklda qo’yilganini tushuntiruvchi ma’lumotnoma (ingliz tiliga tarjimasi bilan);
  • Kopengagen universitetidan bo’lajak ilmiy rahbarining nomi ham ko’rsatilishi kerak (Ilmiy rahbarlar haqida universitet saytidan ma’lumot olish mumkin);
  • Dasturda ishtirok etishdan maqsadlari ifodalangan qisqa insho (1 betdan oshmasligi kerak);
  • Ingliz tilini bililishini tasdiqlovchi test natijalari.

Barcha ariza hujjatlari ingliz tilida yoki daniya tilida topshirilishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!